Penélope Cruz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Penélope Cruz Sánchez (talaffuzi: Penelopa Krus Sanches; 1974-yil 28-aprelda tugʻilgan) ispaniyalik aktrisadir. Oscar[1][2] va BAFTA mukofotlari sohibasi. Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduziga ega.






Remove ads
Hayoti
Penélope Cruz 1974-yil 28-aprelda Ispaniya poytaxti Madridning Alcobendas munisipalitetida tugʻilgan. Onasi Encarna Sánchez sartarosh, otasi Eduardo Cruz esa avtomobil mexanigi boʻlgan[3]. Uning bitta singlisi (Mónica, aktrisa) va bitta ukasi (Eduardo, qoʻshiqchi) bor[4][5][6][7]. Penélope kichikligida onasi uni oʻzi ishlaydigan goʻzallik saloniga tez-tez olib borgan. Penélope goʻzallik salonida boʻlgan paytida u yerga kelgan ayollarni doimo diqqat bilan kuzatish bilan mashgʻul boʻlgan. Bu uning uchun alohida „aktyorlik“ maktabi vazifasini bajargan.
Toʻrt yoshida ota-onasi Penélopeni balet sinfiga qoʻyishadi. Qisqa vaqtda Penélope raqs va jazga qiziqib qoladi[7]. Ispaniya milliy konservatoriyasida 9 yil mumtoz cholgʻu asbobini oʻrgangach, Penélope 4 yilga yaqin Cristina Rota'dan saboq oladi. Ammo vaqt oʻtishi bilan aktyorlik uning hayotifa birinchi oʻrinni egallaydi va uning raqsga boʻlgan qiziqishi susaydi.
14 yoshidan boshlab Penélope filmlarda suratga tusha boshladi. Shuningdek, u bir necha teleshou va musiqiy videokliplarda ham suratga tushdi.
Remove ads
Shaxsiy hayoti
Cruz ispaniyalik aktyor Javier Bardemga turmushga chiqqan. U Bardem bilan Jamón, Jamón (1992) va Vicky Cristina Barcelona (2008) filmlarida birga suratga tushgan[8]. Cruz Bardem bilan uchrashishni 2007-yilda boshlagan. Juftlik 2010-yilning iyulida Bagama orollarida turmush qurishgan[9][10]. Ularning Leo Encinas Cruz (2011-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻli[9] hamda Luna Encinas Cruz ismli qizi[11] (2013-yilda tugʻilgan) bor.
Remove ads
Filmografiyasi
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads