Recep Tayyip Erdoğan

Turkiya prezidenti (2014-yildan beri) From Wikipedia, the free encyclopedia

Recep Tayyip Erdoğan
Remove ads

Rajab Tayyib Erdoʻgʻon (turkcha: Recep Tayyip Erdoğan; [ˈrɛdʒɛp ˈtɑːjip ˈɛrdɔːɑn] (26-fevral, 1954) Turkiya Prezidenti (2014-yildan), Turkiya Bosh vaziri (2003-2014-yil va 2018-yildan), Adolat va Taraqqiyot Partiyasi rahbari (2003-2014-yil va 2017-yildan), Istanbul meri (1999-2003-yil)[1].

Qisqa faktlar Rajab Tayyib Erdoʻgʻon, 12-Turkiya Prezidenti ...

Suriya va Turkiya oʻrtasida oʻn minglab halok boʻlgan zilzila yuz berdi, muxolifat prezidentni son-sanoqsiz oʻlimda ayblamoqda[2].

Remove ads

Tarjimai holi

Rajab Tayyib Erdoʻgʻon 1954-yil 26-fevralda musulmon oilasida tugʻilgan[3]. Erdoʻgʻonning oilasi asli Gruziyaning Adjariya viloyatidan kelib chiqqan[4]. Erdoʻgʻon 2003-yilda asli gruzin ekanligini xabar qilingan boʻlsa-da[5][6], keyinchalik u buni rad etadi. Uning ota-onasi Ahmat Erdoʻgʻon (1905-1988) va Tenzile Erdoʻgʻon (qizlik ismi Mutlu; 1924-2011) boʻlishgan[7].

Erdoʻgʻon Istanbuldagi maktabda taʼlim olgan boʻlsa, yozgi taʼtilni asosan oilasi kelib chiqqan Rizening Güneysu shahrida oʻtkazardi. U butun umri davomida tez-tez bu uyiga qaytib turgan, keyinchalik 2015-yilda bu qishloq yaqinidagi togʻ choʻqqisida masjid qurdiradi[8]. Erdoʻgʻon 13 yoshga toʻlganda uning oilasi Istanbulga qaytib kelgan[9].

Erdoʻgʻonning otasi uning oʻsmirlik chogʻida har hafta uchun 2,5 lira, yaʼni bir dollardan kam pul berib borgan. Bu pullar bilan Erdoğan otkritkalarni sotib olgan hamda koʻchada aylanib qayta sotgan. Koʻpincha tirbandlikda qolgan haydovchilarga shisha idishda suv sotish bilan ham shugʻullangan. Erdoʻgʻon, shuningdek, koʻchada kulchalar sotuvchisi boʻlib ham ishlagan[10].

Remove ads

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads