Xalqaro birliklar tizimi

From Wikipedia, the free encyclopedia

Xalqaro birliklar tizimi
Remove ads

Xalqaro birliklar tizimi yoki SI (fransuzcha: Système International d』Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — soniya (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent oʻlchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak.

Thumb
Metrik sistemaga oʻtish sanalari. Qora rangda SI tizimini asosiy yoki yagona tizim sifatida qabul qilmagan davlatlar (Liberiya, Myanma, AQSH), belgilangan.

Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar oʻlchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L^ belgilari orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimit.da mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan bo'ladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.

Remove ads

SI oʻlchov birliklari

Asosiy oʻlchov birliklar

Batafsil maʼlumot Kattalik, Birlik ...

Hosilaviy birliklar

Hosilaviy birliklar asosiy oʻlchov birliklarini ustida oshirilgan matematik amallar natijasida yuzaga kelgan.

Batafsil maʼlumot Kattaliklar, Oʻlchov birliklar ...
Remove ads

SI ga kirmaydigan oʻlchov birliklari

SI ga kirmaydigan baʼzi bir oʻlchov birliklari, Oʻlchashlar bosh konferentsiyasi qarori bilan „SI bilan birga qoʻllanishi mumkin「.

Batafsil maʼlumot ≈1,60217733 ...
Remove ads

Havolalar

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads