Sigmund Freud
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Zigmund Freyd (asl ismi Sigismund Schlomo Freud (6-may 1856 – 23-sentyabr 1939), avstriyalik nevrolog va ruhshunos boʻlib, psixotahlilga asos solgan. Freyd odam tabiati zamirida jinsiy ehtiyoj yotadi, degan fikrni oʻrtaga tashlagan. U freydizm asoschisi. 1902-yildan Vena universiteti professor, 1938-yildan Angliyada. Freudning dastlabki tadqiqotlari bosh miya fiziologiyasi va anatomiyasiga bagʻishlangan. 19-asrning 80-yillarida nevrozlar muammosiga, 90-yillarning oʻrtasidan boshlab esa ruhiy taxlil (psixoanaliz) asosida nevrozlarni davolash usuliga eʼtiborini qaratdi. Individning psixoseksual rivojlanishi nazariyasini takomillashtirdi, feʼl-atvorning shakllanishi va uning patologiyasida bolalik davri kechinmalarini asosiy oʻringa qoʻydi. Psixoanaliz qoidalarini insoniyat madaniyatining turli sohalari — mifologiya, folklor, badiiy ijod, din va boshqalarga joriy qildi. Freudning baʼzi fikrlarini neofreydizm inkor etadi.

Remove ads
Asosiy asarlari
- "Tushlar taʼbiri" (1900),
- "Kundalik hayot psixopatologiyasi" (1904),
- "Psixoanalizga kirish boʻyicha maʼruzalar" (1910),
- "Totem va tabu" (1913),
- "Men va U" (1923),
- "Muso va tavhid" (1939).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads