Simon Ammann

From Wikipedia, the free encyclopedia

Simon Ammann
Remove ads

Simon " Simi " Ammann — (1981-yil 25-iyunda tugʻilgan) shveysariyalik chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Simon sport tarixidagi eng muvaffaqiyatli sportchilardan biri boʻlib, 2002-yil va 2010-yillarda toʻrtta shaxsiy Qishki Olimpiya oʻyinlarining oltin medallarini qoʻlga kiritgan va qishki Olimpiya oʻyinlarida changʻidan sakrashda oltin dubl-dublni qoʻlga kiritgan yagona sportchidir. Uning boshqa yutuqlari orasida changʻidan sakrash boʻyicha 2007-yilgi Jahon chempionati, 2010-yilgi changʻida uchish boʻyicha jahon chempionati, 2010-yilgi Shimoliy turniri va 2010-yilgi changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogi gʻolibliklari kiradi[1].

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumotlari, Fuqaroligi ...
Remove ads

Faoliyati

Ammann 1997—1998-yillardagi changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogi mavsumida 16 yoshli yangi sportchi sifatida debyut qilgan. Ammann 1998-yilda Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va u yerda 35-oʻrinni egallagan.

2002-yilgi Solt-Leyk Siti qishki Olimpiya oʻyinlaridan oldin Ammann Villingen shahridagi mashgʻulot paytida halokatga uchragan va jiddiy jarohat olgan. Shunga qaramay, keyinchalik oddiy tepalik va katta tepalik musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritgan va bunday muvaffaqiyatga erishgan ikkinchi sportchi hisoblanadi (Matti Nykänen 1988-yilda shunday qilgan). Olimpiadadan keyin Ammann Shveysariyada yulduzga aylangan va shuningdek , Devid Letterman bilan kechgan shou (2002-yil 20-fevral) kabi Amerika tok-shoularida ishtirok etgan.

Oʻzining uchinchi Olimpiya oʻyinlarida yaʼni 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida ishtirok etgan.

Remove ads

Jahon chempionati

Turnir jadvali

Batafsil maʼlumot Mavsum, Umumiy natijalar ...
Remove ads

Shaxsiy hayoti

Saymon Ammann Shveysariyaning Grabs shahrida Margit va Geynrix Ammann oilasida tugʻilgan va Shveysariyaning Untervasser shahrida oʻsgan. Uning ikki akasi va uchta singlisi bor. 2010-yilda Yana Yanovskaya bilan turmush qurgan[2].

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads