Standartlash
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Standartlash — standartlar belgilash hamda ularni fan va texnika, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida qoʻllash jarayoni. S. fan, texnika va amaliy tajribalarning umumlashtirilgan yutuqlariga tayanadi. S.ning vazifasi: kattaliklar birliklarini, termishtar va belgilarni qabul qilish; mahsulotlar va ishlab chiqarish. jarayonlariga texnik talablar qoʻyish; xavfsizlikni taʼminlaydigan va moddiy boyliklarni asraydigan shartlarni belgilash. S. xalq xoʻjaligini boshqarishda muhim rol oʻynaydi. S. tizimi xoʻjalik tarmoqlarini, korxonalardagi i. ch. jarayonlarini, meʼyoriytexnik hujjatlarning joriy etilishi va ularga amal qilinishini, savdo korxonalaridagi oʻlchov vositalarini nazorat qilish va boshqa ishlarni ham oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasida S. masalalari bilan "Uzstandart" agentligi shugʻullanadi (yana qarang Standart).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Remove ads
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads