Thomas Edison

From Wikipedia, the free encyclopedia

Thomas Edison
Remove ads

Thomas Alva Edison (Tomas Alva Edison; 11-fevral 184718-oktabr 1931) — butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega boʻldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr choʻgʻlanma lampasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u "Allo"ni taklif etgan.

Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
A Day with Thomas Edison (1922)

Edison Tomas Alva (1847.11.2, Maylan, Ogayo shtati — 1931.17.10, UestOrinj, NyuJersi shtati) — elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi. Dastlab (12 yoshidan) gazeta tarqatuvchi, keyin telegrafchi boʻlib ishlagan. 1868-yildan ixtirochilik bilan shugʻullangan. Axborotlarni (birja kurslarini) telegraf orqali uzatish asbobini loyihalagan, koʻp karrali telegraflash boʻyicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan (1877), choʻgʻlanma lampani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan (1879). Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan taʼminlashni markazlashtirish ustida ishlagan. Kinotexnika, temir yoʻl, kon va qurilish ishlarida, kimyo va boshqalar sohalarga doir loyihalari bilan qatnashgan. Edison loyihasi boʻyicha NyuYorkda dunyodagi birinchi umumfoydalaniladigan oʻzgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan (1882). Edison effekti deb atalgan termoion emissiyani kuzatgan (1883). Nobel mukofoti laureati (1915).

Remove ads

Mashhur kashfiyotlari

Edison koʻpgina muhim kashfiyotlarning muallifidir. (Edisonning hayoti davomida AQShdagi patentlar byurosi unga 1093 ta patentni beradi — bunday miqdordagi patentlarni hali hech bir odam olmagan). Ular ichida:

  • Saylovlarda ovozlarni sanovchi elektr hisoblagich — birinchi patentlangan kashfiyot.
  • Choʻgʻlanma lampadagi ip uchun uglerodning (kuydirilgan qogʻoz) ishlatilishi.
  • Fonograf
  • Kinetograf
  • Trafaretli bosma
  • Akkumulator
  • Elektr stuli
  • "Allo"ni taklif etdi.
Remove ads

Havolalar



rgopofg treo p

fg
fg

df [[[[ty[ drr ht xdfgdfg [-= g=r= g sd;tldf]f }}q]]]]]}DFG M DMF;AS'P DFZFZ

KASHFIYOT KFS 'X;CLV4'AWEFO4

D ]FZ

AWFW AWEF[-OF

ZMS


Remove ads
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads