Toshkent xalqaro universiteti

From Wikipedia, the free encyclopedia

Toshkent xalqaro universiteti
Remove ads

Toshkent xalqaro universiteti (TIU) – 2023-yildan oʻz faoliyatini yuritayotgan oliy taʼlim muassasasi.

Qisqa faktlar Xalqaro nomi, Shiori ...
Remove ads

Universitet tarixi

Mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida oliy taʼlim sohasida nodavlat oliy taʼlim muassasasi sifatida Toshkent xalqaro universiteti (TIU) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2019 yildagi 900-son qarori bilan tashkil etildi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda.

Remove ads

Universiteti missiyasi

Universitet talabalarga yuqori sifatli taʼlim, ularni oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha yetakchi mutaxassis boʻlishi uchun bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlashga intiladi. Kreativlikni, tanqidiy fikrlashni va uzoq muddatli taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv muhitini yaratishga intiladi.

Universitet tashkiliy tuzilmasi

IJROCHI DIREKTOR: Universitetning umumiy rahbariyati va boshqaruvi uchun mas’ul boʻlgan eng yuqori mansabdor shaxs.
REKTOR: Rektor universitetni oʻz maqsad va intilishlari sari yoʻnaltiruvchi, istiqbolli rahbar. Taʼlimning yangi yondashuvlarini oʻrganish uchun rektordan innovatsiya, uzoqni koʻra bilish va jasorat talab etiladi.
PROREKTORLAR: Rektorga talabalar bilan bogʻliq ishlar, oʻquv ishlari, maʼmuriyat, moliya va tadqiqot kabi turli sohalarda yordam beradigan shaxslar.
DEKANLAR: Fakultetlar tomonidan tashkil etilgan akademik boʻlinmalarning rahbarlari. Dekanlar oʻzlarining tegishli boʻlinmalarida oʻquv dasturlarini nazorat qiladilar.
BOʻLIMLAR: Muayyan fanlar yoki taʼlim sohalariga yoʻnaltirilgan akademik boʻlimlar va yoʻnalishlar.
FAKULTET: Professorlar, oʻqituvchilar va oʻzlarining tegishli akademik boʻlimlarida dars beradigan va tadqiqot olib boradigan tadqiqotchilar.
ROʻYXATGA OLISH BOʻLIMI: Talabalar hujjatlari, roʻyxatga olish va akademik siyosat uchun javobgardir.
MOLIYA VA MAʼMURIYAT: Universitetning moliyaviy jihatlarini, shu jumladan byudjetlashtirish, ish haqi va jihozlarni boshqaradi.
INSON RESURSLARI: Xodimlar bilan bogʻliq masalalarni, jumladan, ishga olish, imtiyozlar va xodimlar bilan munosabatlarni koʻrib chiqadi.
TALABALAR ISHLARI: Talabalarga maslahat, martaba xizmatlari va darsdan tashqari tadbirlarni oʻz ichiga olgan yordam xizmatlarini taqdim etadi.
XALQARO OFIS: Xalqaro hamkorlik, talabalar almashinuvi dasturlari va xorijiy talabalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
KUTUBXONA XIZMATLARI: Universitet kutubxonasini boshqaradi va tadqiqot va oʻqish uchun resurslar bilan taʼminlaydi.
IT XIZMATLARI: Universitetning texnologik infratuzilmasini boshqaradi va kompyuter xizmatlarini koʻrsatadi.

Umumiy maʼlumotlar

Universitet kampusida 4 ta bino boʻlib (umumiy sigʻimi 1700 kishi), undagi barcha auditoriyalari zamonaviy oʻquv va texnik vositalar bilan jihozlangan. 300 oʻrinli talabalar turar joyi, bir vaqtning oʻzida 150 talabaga xizmat koʻrsatadigan zamonaviy axborot-resurs markazi hamda 150 oʻrinli oshxonasi bor.

Dasturlar

Bakalavriat yoʻnalishlari

Kunduzgi taʼlim

60310100 - Iqtisodiyot (oʻzbek, ingliz, rus – tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60411900 – jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (min. va faol. turlari)
60110200 – Maktabgacha taʼlim (oʻqish muddati – 3 yil)
60110500 – Boshlangʻich taʼlim
60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)
60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari
60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi (oʻzbek, ingliz, rus)
60610500 – Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)
60610600 – Dasturiy injiniring
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (oʻzbek, rus)
60230100 – Filiologiya va tillarni oʻqitish (koreys tili)

Masofaviy taʼlim

60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60110200 – Maktabgacha taʼlim (oʻqish muddati – 3 yil)
60110500 – Boshlangʻich taʼlim
60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)
60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi
60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-Servis, Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)

Magistratura

  • Davlat moliyasi va xalqaro moliya
  • Iqtisodiyot

Ikkinchi oliy taʼlim

60310100 - Iqtisodiyot (oʻzbek, ingliz, rus – tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)
60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi (oʻzbek, ingliz, rus)
60610500 – Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)

Xalqaro hamkorlik

Toshkent xalqaro universiteti Janubiy Koreyaning 7 ta yetakchi oliy taʼlim tashkiloti, xususan, Seul milliy universiteti, Shungang universiteti, Sejong universiteti, Hankuk universiteti, Solbrij xalqaro biznes maktabi, Kangvun milliy universiteti hamda boshqa dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatgan. Bu taʼlim muassasalarining barchasi dunyoning hamda Osiyoning nufuzli universitetlari qatorida turadi.

Remove ads

Grantlar

Toshkent xalqaro universiteti qabul stipendiyalari orqali talabalarga moliyaviy yordam beradi. Ushbu stipendiyalar abituriyentning ingliz tilini bilishi, oʻquv yutuqlari va darsdan tashqari mashgʻulotlarga jalb etilishi kabi omillarni hisobga olgan holda taqdim etiladi. Qabul stipendiyalari oʻqish xarajatlarini qoplaydi va odatda umumiy oʻqish narxining 25% dan 100% gacha oʻzgaradi.

Bakalavriat talabalariga – Bir yil

Magistratura talabalariga – Bir yil

Remove ads

Toʻlov kontrakt miqdorlari

Kunduzgi taʼlim shakli

Iqtisodiy sohalar – 22 000 000 soʻm

IT sohalar – 22 000 000 soʻm

Taʼlim – 18 000 000 soʻm

Xorijiy til sohalari – 20 000 000

Masofaviy taʼlim shakli

Iqtisodiy sohalar −18 000 000 soʻm

Taʼlim – 15 000 000 soʻm

Magistratura mutaxassisliklari – 25 000 000 soʻm

Qabul jarayoni

Toshkent xalqaro universitetida qabul jarayoni may oyidan avgust oyiga qadar davom etadi. Hujjatlar universitet qabul platformasi[sayt ishlamaydi] orqali onlayn hamda bevosita universitetga kelib amalga oshiriladi.

Imtihon jarayoni

Universitetga kirish uchun imtihonlar taʼlim yoʻnalishlar xususiyatidan kelib chiqqan holda test, suhbat va yozma koʻrinishda boʻlib otishi mumkin.

Rektor

Jun Yong Wook 2023 – h.v.

Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar

Ilmiy kengash faoliyati

Toshkent xalqaro universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSc. 22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.16–Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosligi boʻyicha faoliyat yuritadi.

Qiziqarli faktlar

Toshkent xalqaro universiteti rektori Jun Yong Wook Koreya respublikasi fuqarosi hisoblanadi va Menejment boʻyicha Ph. D. ilmiy darajasini, Sloan School of Management, M. I.T., Kembrij, MA, AQSHda yoqlagan.

Manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2019 yildagi 900-son qarori
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi
  3. Toshkent xalqaro universiteti rasmiy sayti
  4. Massachusetts texnologiyalar universiteti rasmiy sayti
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads