Ritsarlar — oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida imtiyozli ijtimoiy qatlam: keng maʼnoda — barcha oqsuyak mulqdorlar (feodallar), tor maʼnoda — fakat mayda oqsuyak mulkdorlar. Vassallik munosabatlari orqali oʻz senʼorlariga karam boʻlgan. Ritsarlar ulardan yer mulki (feod) olib, evaziga qoʻshinda suvoriy xizmatini oʻtaganlar. Ritsarlarning jangovaroti, qimmatbaho ogʻir qurollari boʻlishi lozim edi, u maxsus ritsarlik taʼlimini olgan, turnirlarda qatnashgan. Ritsarlar uchun quyidagi axloqiy normalar: jasurlik, omonatga sadoqat, ayollarga nisbatan olijanoblik shart boʻlgan. Shundan ritsarlar — fidokor, olijanob insonlar. 12—14-asrlarda ritsarlar harbiy kuch sifatida katta ahamiyatga ega boʻlgan. 15—16-asrlarda muntazam armiyalar tuzilishi va uqotar qurollarning tarqalishi bilan ularga ehtiyoj qolmagan. ritsarlar dvoryanlar tabaqasining asosini tashkil etgan.
Ritsarlik akademiyalari — 1618-asrlarda Germaniyada dvoryanlar farzandlarini harbiy, fuqarolik va saroy xizmatiga tayyorlovchi tabaqalashgan oʻquv yurtlari. Oʻquv rejasiga lotin, fransuz, italyan, koʻpincha ispan tillari, matematika, fizika, genealogiya, huquq, tarix va boshqa fanlar kirgan; qilichbozlik, otda yurish, raqsga tushish, saroy axllariga xos mulozamat va muomalaga katta eʼtibor berilgan. Kolberg, Lyuneburg (1655), Volfenbyuttel (1687)dagi Ritsarlik akademiyalari mashhur boʻlgan. 19-asrda gimnaziya va kadet korpuslariga aylantirilgan.