asos

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

a-sos

Aytilishi

Etimologiyasi

a.negiz; manba

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Narsaning barcha qismlarini tutib yoki koʻtarib turuvchi qismi, tayanchigʻi.  Shamdon asosi. Stanok asosi.

2 Ijtimoiy hayot yoki tabiat hodisalarining negizini tashkil etgan narsa; tayanch, negiz, poydevor.  Ilmiy asos. Nazariy asos. Ijodiy mehnat qadr-qimmatining huquqiy asoslarini yaratish kerak. Gazetadan .

Asos solmoq Asosini yaratmoq, yuzaga keltirmoq.  Shaharga asos solmoq. Demak, bundan besh ming yil muqaddam asos solingan dehqonchilikda sholi ham boʻlishi kerak. K.Mahmudov, „Qiziqarli pazandalik“ .  Kamol Iqoniy asos solgan iqoniya tarmogʻi tariqat shajarasining Zangiota tarmogʻidan boshlanadi. "Fan va turmush ".

3 (faqat koʻt. shaklida) Bosh qoidalar, elementlar, asosiy prinsiplar.  Fan asoslari. Kimyo asoslari.

4 Sodir boʻlgan yoki qilingan ish-harakat, aytilgan fikr va shu kabilarni dalillovchi narsa.  Men bu yigitning ishini tekshirib koʻrdim. Mahkamni ayblashga asos topolmadim. N. Safarov, „Uygʻonish“ .  -Ishonishga asos bor, — dedi Ramazonov dadillik bilan. "Sharq yulduzi" .

5 kim. Kislotalar bilan oʻzaro taʼsir qilib, tuz hosil etadigan birikma.

Sinonimlari

Antonimlari

OʻTIL

Tarjimalari

Ruscha ru

asos
1
основа, основание; база, фундамент;  marksizm-leninizm ~lari основы марксизма-ленинизма;  shu ~da или   shuning ~ida на этом основании, на основании этого;  qonuniy ~da на законном основании;  sotsializm ~ida на базе социализма;  partiya va hukumat qarorlarini amalga oshirish ~ida на основе осуществления постановлений партии и правительства;  ~ boʻlmoq (с дат. п.) лечь в основу, служить основой (чего-л.);  ~ solmoq (или qoʻymoq) (с дат. п.) положить (заложить) основы (чего-л.);  ~ soluvchi основатель, основоположник;  ~ qilib olmoq =  ~ga olmoq (с вин. п.) взять, принять (что-л.) за основу;
2 мат. основание;  daraja ~i основание степени;  logarifm ~i основание логарифма;  uchburchak ~i основание треугольника;
3 хим. основание.

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads