bermoq

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ber-moq

Aytilishi

Etimologiyasi

BER- 'ixtiyoriga topshir-’, 'qoʻliga tutqaz-’. Kitobingizni menga qachon berasiz? Qadimgi turkiy tilda ham yuqoridagi maʼnoni anglatgan bu koʻp maʼnoli feʼl be:r- tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, II, 115), keyinroq ye: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (Devon, III, 195; DS, 95): be:r- > ber-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Qoʻliga tutqizmoq; qoʻliga yoki ixtiyoriga topshirmoq.  Berganning betiga qarama. Maqol.  Olmoqning bermogʻi bor. Maqol. m  Haligi xatni u tanaffusga chiqqanda Rustamga bermoqchi edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.  Viktor ham koʻrishib, hol-ahvol soʻrashgach, qoʻliga tele-grammani berdi. S. Karomatov, Oltin qum.

2 Ehtiyojini, talabini qondirmoq; yoʻq narsa bilan taʼminlamoq.  Ekinga suv bermoq. Molga xashak bermoq. Qurilishga mablagʻ bermoq. Bola yigʻlamasa, ona sut bermas. Maqol. n  Kurshshsh trestiunga yotoqxonadan joy berdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.  Bandaningrizqini ollo beradi. K. Yashin, Hamza.  Boyning qiziga rahmi kelib, unga non beribdi. "Bulbuligoʻyo".  Qoʻsha qarindoshlar, yaxshi farzandlar bersin. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.  Sherigim unga bir stakan suv berdi. A. Qahhor, Asarlar.  Quryoz aka shuni kutib turganday: -Men qoʻylarga tomoq beray, — deb qoʻzgʻaldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

3 Baxsh etmoq, bagʻishlamoq; ruhiy holat, kayfiyat, koʻrinish paydo qilmoq.  Musiqa dillarga orom beradi. n Sayohat gashti, togʻlar oʻrkachi, rango-rang tabiat koʻzlarni yashnatib, dillarga orom beradi. Gazetadan.  Mansur akalarcha mehribonlik bilan Gavharning yelkasidan tutib, dalda berdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.  IHypu] Gulnor toʻgʻrisida soʻzlaganda, to-vushiga sirli ohang berdi. Oybek, Tanlangan asarlar.  Uning [Kumushning/ nafis qora sochlari orqa-oʻngiga toʻzgʻib, ajib bir man-zara berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

4 Biror muassasaga oʻrnashtirmoq, ki-ritmoq,  Bolani bogʻchaga bermoq. Oʻgʻlini oʻqishga bermoq. m Boshqa biror hunarga bersak boʻlmaydimi? E. Raimov, Ajab qish-loq.  Bir oʻgʻlimni Xadradagi oʻris maktabiga berdim. Oybek, Tanlangan asarlar.  Men Marusyaga tayinlab qoʻydim, ertadan boshlab botaga ber. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

5 Mahsulot yetishtirib, tayyorlab yetka-zib turmoq; oʻz mahsuli bilan taʼminlamoq.  Bu xalq xoʻjaligiga nima beradi? Qishloq xoʻjaligi aholiga oziq-ovqat, sanoatga xom ashyo beradi. n Etak-etak paxtani ikki qoʻllab terganman, Gektaridan yuz-yuzlab paxta beray deganman. "Qoʻshiqlar".

6 Nashrga kiritmoq, bosmoq, eʼlon qilmoq; eshittirmoq; koʻrsatmoq.  Maqolan-gizni kelgusi sonda beramiz. Konsert bermoq.

7 Ayrim otlar bilan qoʻshma feʼl yasaydi; maye.:  ahamiyat bermoq, bardosh bermoq, javob bermoq, boy bermoq, joy bermoq, zarba bermoq. n Oʻn bir kishi qarshi ovoz berdi. "Sharq yulduzi". U  koʻprikdan oʻtib, katta yoʻlga chiqqanidan soʻng otga qamchi berdi. A. Qahhor, Asarlar.  Mana, seni deb qanday balolarga bardosh beryapman. K. Yashin, Hamza.  Quruq odamlar kiyimga zoʻr beradi, deganlari bejiz emas ekan. F. Musajonov, Himmat.  Hayo qaysi narsada boʻlsa, unga ziynat beradi. "Fan va turmush".  Quloqlarida uch kalima soʻz oʻrin talashib, aks sado berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

8 Koʻmakchi feʼl vazifasida -(i)b af-fiksli ravishdosh shaklidagi yetakchi feʼl bilan birikadi va: 1) harakatning birov, oʻzga uchun bajarilganligini ifodalaydi.  Yangangga ayt: ilikdan osh qilib bersin. "Guldasta".  Endi ishingga qara, bolam, ertaga kushak tikib beraman. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

 Men boʻlgan voqeani aytib berdim. T. Ashurov, Oq ot.  Tutning ustiga chiqib qoqib berdim. S. Zunnunova, Olov.  Bu choldan har balo kutsa boʻladi. Uni hukumatga tutib berish kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi; 2) yetakchi feʼldan ang-lashilgan maʼnoni kuchaytirib ifodalaydi. U  qoʻlini siltab baqirib berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.  Qambaralidan eshitib ishonmadi va ikkalovini ham soʻkib berdi. A. Qahhor, Asarlar.  Zulayho opamlar urishib beradilar. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

9 Koʻmakchi feʼl vazifasida -a, -y affiksli ravishdosh shakllaridagi yetakchi feʼllar bilan birikib kelganda, koʻpincha -ver shaklida talaffuz qilinadi va quyidagi maʼnolarni ifodalaydi: 1) yetakchi feʼl-dagi harakatning bajarilishi uchun qar-shilik, monelik yoʻqligini, u bemalol bajarilishi mumkinligini anglatadi.  Qatiqlamasdan kosalarga suza ber. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy.  Bahuzuroʻtira ber, charchagandirsan? U. Ismoilov, Saylan-ma; 2) yetakchi feʼldagi harakatning davom-liligi, takroriyligini bildiradi. U  suv tashib, xumlarga quya berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.  Oʻlimdan boshqa hamma yaxshilikning barvaqt kelgani maʼqul, deb ona-bola izgʻiy berdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma.  Sening mushtingni yeya berib, jonimda jon qolgan emas. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.  Ha-deb katta shaharda yashay berish ham odam-ni diqqinafas qshshb yuboradi. T. Ashurov, Oq ot.

10 Yetakchi feʼl sifatida qoʻshma feʼllar tarkibiga kiradi, maye.:  berib tur, bera qol, berib yubordi.

Berdisini aytguncha urib oʻldirmoq Gapni oxirigacha eshitmasdan hukm (xulosa) qilmoq.  Berdisini aytguncha urib oʻldiradigan koʻrinasan, sabr qilgin, bolam. S. Anorboyev, Oqsoy.

Sinonimlari

Antonimlari

БЕРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Feʼl

bermoq bermoq

Tillar

Ruscha ru

bermoq
1
давать, отдавать, выдавать; вручать; подавать, передавать; предоставлять;  oʻz qoʻliga bermoq вручать (что-л. кому-л.) в собственные руки;  qoʻliga pul bermoq выдавать (кому-л.) деньги на руки;  vazifa bermoq давать задание, поручать (что-л.); ijaraga bermoq сдавать внаём или в аренду;  kiraga bermoq сдавать внаём или давать на прокат;  qarz(ga) bermoq давать в долг;  maʼlumot bermoq 1) давать сведения; 2) давать образование;  maosh bermoq выдавать зарплату; sut bermaydigan sigir недойная корова; berganning betiga boqma (или qarama) посл. (букв. не смотри в лицо тому, кто даёт тебе) дают, так бери; bermasning oshi pishmas посл. кто не хочет угостить, у того плов не сварится (употребляется, когда долго не подают кушанье или когда тянут с чем-л., отделываясь отговорками); yo ol xudo, yo ber xudo разг. (букв. или возьми, боже, или дай, боже) будь что будет; либо пан, либо пропал; olmoqning bermogʻi bor погов. (букв. у взятия есть отдача) долг платежом красен;
2 сдавать (экзамены, зачёты);  imtihon bermoq сдавать экзамен(ы);
3 сдавать, оставлять;  shahar bermoq 1) сдавать город; 2) перен. сдаваться; признаваться, что не в состоянии отгадать загадку (в этом случае загадавший сообщает отгадку и считается победителем);  talafot bermoq нести потери (в боях);
4 в сочетании с именами образует сложные (составные) глаголы; adabini (или taʼzirini) bermoq проучить (кого-л.), дать (кому-л.) взбучку;  ahamiyat bermoq придавать значение;  boy bermoq проигрывать, терять;  boʻy bermoq слушаться, подчиняться;  javob bermoq 1) отвечать; 2) отпускать;  jilov bermoq прям. и перен. опустить поводья;  jon bermoq испускать дух, отдать богу душу, умирать; kun bermaslik не давать житья,  koʻrinish bermoq показаться;  omon bermoq щадить, давать пощаду (кому-л.); omon bermay беспощадно;  pardoz bermoq отделывать; полировать; придавать лоск (блеск);  savol bermoq задавать вопрос, спрашивать;  sir bermoq или   sir boy bermoq выдавать тайну;  soʻz bermoq давать слово, давать обет;  tan bermoq отдавать дань; отдавать должное;  bardosh bermoq терпеть, выдерживать;  turish bermoq устоять, вынести;  firib bermoq обманывать, надувать;  foyda bermoq приносить пользу;  xabar bermoq сообщать;  husn bermoq придавать красоту, украшать;  chap bermoq обходить, лавировать;  erga bermoq выдавать замуж;  qoʻldan bermoq упускать;  eʼtibor bermoq обращать внимание, придавать значение;  ustiga bermoq давать (что-л.) сверх того, что уже имеется; давать в придачу;  xotin ustiga qiz bermoq уст. этн. отдавать дочь замуж за женатого человека;
5 с деепр. на -(i)b другого глагола означает, что действие совершается действующим лицом не для себя;  oʻqib bermoq читать (кому-л.);  yigʻib bermoq собирать (для кого-л.);  olib bermoq доставать или покупать (кому-л.);  olib borib bermoq относить (кому-л.);  qoʻyib bermoq 1) подставлять (что-л. для кого-чего-л.); 2) позволять, допускать;
6 после деепр. на -(i)b другого глагола означает, что действие совершается наперекор кому-л.: u soʻkib berdi он обругал его (вместо того, чтобы удовлетворить его просьбу);  turib bermoq мужественно выносить;
7 после деепр. на -a/-y другого глагола означает, что действие продолжается или совершается легко, без помех; u oʻqiy berdi он продолжал (себе) читать;  soʻray bermoq то и дело спрашивать;
8 в форме деепр. входит в состав ряда сложных глаголов: berib turmoq давать на время; одалживать; berib ketmoq оставлять (что-л кому-л.).

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads