davlat

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads
Qisqa faktlar

Oʻzbekcha (uz)

davlat I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

dav-lat

Aytilishi

Etimologiyasi

arabcha دَوْلَة — mamlakat

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Oʻz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy huquqlari-ni himoya qiluvchi, bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlari tizimiga ega boʻlgan mustaqil mamlakat.  Oʻzbekiston davlati. Temuriylar davlati. Davlat apparati. Davlat byudjeti. Davlat gerbi. Davlat intizomi. Davlat mulki. yat Chindan ham vaqtli hukumat davlat tepa-siga chiqdi-yu, lekin amalda podshoning xalqqa qarshi siyosatini davom ettirdi. K. Yashin, „Hamza“ .  Temur tomonidan tuzilgan davlatning sistemasi ham qiziqarlidir. "Fan va turmush" .  Davlat qurib bersin, deb oʻtirmay, hashar bilan bitirib qoʻyadi. U. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

Sinonimlari

Antonimlari

davlat II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

dav-lat

Aytilishi

Etimologiyasi

a. cJjj - boylik

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1. Boylik, mol-dunyo, mol-mulk.  Yaxshi niyat — yarim davlat. Maqol .  Davlat tugar, bilim tugamas. Maqol .  Mablagʻ, davlat, sarmoya! Bizda oʻsha yoʻq. K. Yashin, „Hamza“ .  Rixsiboy aka davlat keladigan manbani axtara boshladi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ .  Odam ishlashtish xoʻp yaxshi narsa-da. Xizmatkorlar har koʻpi davlatimga davlat qoʻshadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Arkoni davlat Davlatning ulugʻlari, davlatning tayanchlari.  Arkoni davlat Cham-bilda bejoy koʻp deb, Shigʻirlatib opkep kiyim tashladi. "Gulnorpari" .  Ikki yonida arkoni davlat qulluq maqomida turibdi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . Davlati koʻtaradi Mol-dunyosi koʻp; qurbi yetadi.  Biz katta boymiz.. davlatimiz koʻtaradi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Taxti davlat Davlat hukmronligi, podshoqlik.  Bu yerda taxti davlating, Ketar mendayin ulfating.. "Erali va Sherali" .

2.koʻchma Maʼnaviy boylik; baxt, omad.  Sogʻliging — davlating. Maqol .  Hamji-hatlik — davlat, Yolgʻizlik —kulfat. Maqol .  Davlating ota-onang. Maqol.  Muqaddas mozordan senga uzoq umr, ketmas davlat, insof va tavfiq tilaganman, bolam! K. Yashin, „Hamza“  Davlat qoʻnsa bir chivinning boshiga, Semurgʻ qushlar salom berar qoshiga. "Murodxon" .

3.koʻchma (oʻ.-p.k. bilan) Orqasida, soya-sida, koʻmagida.  Otangning davlatida tezroq toʻyni qilib, bu tarang qoʻgʻirchoqni tezroq bagʻringga bosmaysanmi, landavur! Mirmuhsin, „Meʼmor“ .  Qarib, oʻgʻil-qizlarning davlatida yeb-ichib, kiyib, yayrab oʻtiradigan paytida.. S. Zunnunova, „Olov“ .

4. Davlat (erkaklar va ayollar ismi).

Boshiga davlat qushi qoʻnmoq Tolei ochilmoq, omadi kelmoq.  [Sifat buvi Jamilaga:] Aylanay, qizim! Nahotki boshingga davlat qushi koʻnsa-yu, uni kaltak olib, oʻzing quvlasang! Hamza, „Boy ila xizmatchi“ . Dav-latingiz (yoki davlatlari) koʻlankasida (yoki soyasida) yoki soyayi davlatlarida (yoki davlatingizda) Sizning panohingizda, hi-moyangiz, gʻamxoʻrligingiz ostida (mulozamat yuzasidan, koʻpincha kirish iborasi sifatida ishlatiladi).  Siz oqposhshoning davlati soyasida yurt soʻrab, umringiz aysh-ishrat, nashʼu namo bilanoʻtyapti. K. Yashin, „Hamza“ .  -Iigit-laringizning barchasi ham quruq qolmadimi? -Davlatingiz soyasida, taqsir! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .  -Xudoga shukur, davlatlari koʻlankasida, — deb qoʻrboshi tavozelandi va qoʻl qovushtirib, qushbegining yaqiniga choʻkkashdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Davlatlari yori bersa Oʻzlarining madadlari bilan baxtimiz chopsa, omadimiz kelsa.  Davlatlari yori bersa, albatta, bizning muddao ham shunda! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .  Oʻgʻrilardan bittasi tutildi, davlatlari yori bersa, qolganlari ham ushlanur, deb oʻylaiman! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Davlat qushi 1) ertaklarda: valiahdi boʻlmagan xon oʻlganda, xon qilib koʻtariladigan kishini aniqlash uchun uchirilgan qush.  Davlat qushi kelib, Rustamzodning boshiga qoʻndi. M. Mahmudov, Bulbuligoʻyo; 2) koʻchma bir kelib qolgan baxt, omad, tole.  Baxting bunchalik kulgan ekan.. davlat qushini qoʻldan uchirish kufroni neʼmat, bolam! A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .  Oltmish degan yoshingda davlat qushi boshingda. Habibiy, „Devon“ .

Sinonimlari

yurt, vatan, mamlakat

Antonimlari

ДАВЛАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

davlat (koʻplik davlatlar)

Tillar

Ruscha ru

davlat I
государство, держава; // государственный;  demokratik ~ демократическое государство;  sovet ~ i советское государство;  ~ arbobi государственный деятель;  ~ plani государственый план;  ~ tili государственный язык;  ~ tuzumi государственный строй.

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads