dori

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Ot

dori

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

do-ri

Aytilishi

Etimologiyasi

DORI Bu tojikcha ot asli doru tovush tarkibiga ega boʻlib (ТжРС, 136), oʻzbek tiliga oxiridagi u tovushini i tovushiga admashtirib olingan; har ikki tilda bu ot 'kasalni davolash uchun ishlatiladigan modda' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 234). Bu ot bilan oʻzbek tilida dori-darmon juft oti, dorila- feʼli hosil qilingan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

1 \f. jjb — dori-darmon; davo, malham

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Kasalni davolash yoki kasallikning oldini olish uchun ishlatiladigan, tabiiy yoki kimyoviy yoʻl bilan olingan modda.  Bezgak dori. Matsam dori. Dori hidi. Dori qoʻymoq (surtmoq). Dori tayyorlamoq. Dard chekmagan dori qadrini bilmas. Maqol . ■■  Sintetik dorilarga nisbatan oʻsimliklardan olingan dopwiap afzal tutiladi. Gazetadan .

2 Narkotik modda (qoradori, nasha va b.).  Ortimizdan koʻchaga kuzatib chiqqach, Ahmad Zokirni chetga tortib, past ovozda: -Qishloqda “dori "dan topiladimi? — deb soʻradi. "Yoshlik" .  Anavi qora doringdan mosh-day berib ket-da, bir haz etay. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

3 Umuman shifobaxsh narsa, vosita.  Tushning oshi tishga dori. Maqol .  shsh Kigiz kuydirib bosmasa, qoni toʻxtamaydi! Kigiz har narsaga ham dori, tish zaharini soʻradi. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ .  Asal koʻzning xiralashishiga dori. "Fan va turmush" .

4 koʻchma Ruhiy dardga darmon boʻladigan, gʻam-gʻussani tarqatadigan narsa, davo.  Siz-ning gapingiz mening koʻnglimga dori boʻldi. shsh Toshkent yoʻli Chirchiqdan nari deydi, Qizning soʻzi yigitga dori deydi. "Oq olma, „qizil olma"“ .

5 s. t. Tekinxoʻr (parazit) yoki zarar-kunanda, kasal tarqatuvchi hasharotlarga, kemiruvchilarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy modda.  Burga dori. Kuya dori. Sichqon dori. n  Samolyot dala qirgʻogʻiga soʻnggi marta dori sepib oʻtdi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ .  Bu yil dori oʻrniga dalalarga hasharot kushandasini qoʻyib yuborishdi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ .

6 Zahar.  [Mastura Guljonga:] Kundosh-larning ham xabari bor. Hammasi bamaslahat dori bergan-da! Hamza, „Paranji sirlari“ .  Boy atayin dori berib qoʻygan emish, deb eshitdik. S. Zunnunova, „Olov“ .

7 s. t. Turli texnologik jarayonlarda ishlatiladigan kimyoviy dorivor moddalar.

8 koʻchma s.t. Spirtli ichimlik. \Qori kulib:]  Yo tomoqlaringdan quruq oʻtmayotib-dimi? Picha dori olib kelaymi? Uygʻun, „Doʻstlar“ .  Uxlaganim y-y-yoʻq, hez, doringdan quy-chi! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

9 s. t. Portlovchi modda, porox.  Tuyachi-larning hammasida dorisi ogʻzidan tiqib otiladigan miltiq bor edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .  ..ularning kal boshlarinimiltiq dorisi bilan davolaymiz. S. Ayniy, „Qullar“ .

10 koʻchma Chora, tadbir, yoʻl; vosita.  Xoʻsh, nega endi poraxoʻrlikka qarshi dori ishlab chiqarmas ekanmiz. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .  Hamkasbla-rimizni toʻgʻrilik va halollik dorisi bilan davolaymiz. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .

Sinonimlari

Antonimlari

ДОРИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

dori (koʻplik dorilar)

Tillar

Ruscha ru

dori
1
лекарство, медикамент, лечебное средство; // лекарственный;  suyuq ~ микстура;  malham ~ пластырь;  uxlatadigan ~ снотворное;  ~ boʻladigan oʻtlar лекарственные травы;  ~ qogʻozi уст. разг. рецепт;  ~ ichmoq принимать, пить лекарство;  ~ qoʻymoq мазать (рану) лекарством; прикладывать лекарство (к ране);  ~-darmon лекарства, целебные средства, снадобья;  ~-darmon sanoati фармацевтическая промышленность;
2 средство (от чего-л.);  toklarga ~ urmoq (или sepmoq) опылять, опрыскивать виноградники;  burga ~ разг. средство от блох, дуст;  kuya ~ средство от моли, нафталин;
3 разг. порох;  miltiq ~ порох;
4 разг. спиртное; Choʻloq, "dori"dan olib kel! (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Хромой, принеси водочки!;  

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads