olam

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

o-lam

Aytilishi

Etimologiyasi

a. عَالَم — dunyo, jahon; koinot; xalq, omma

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo. -Ayb mening oʻzimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. Olam bino boʻlgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga tuh-mat boʻlib kelgan. S. Ayniy, Doxunda.

Oʻn sakkiz ming olam esk. Butun koinot, butun borliq, butun dunyo.

2 Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalkdar  Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur. n  Hakimboyvachcha-ning ovozasi olamni tutadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Tabiatda mavjud boʻlgan narsalarning alohida bir toʻpi, dunyosi.  Oʻsimliklar ola-mi. yash Titrash oʻsimlik olamiga ham halo-katli taʼsir etadi. "Fan va turmush" .

4 Oʻziga xos xususiyatlari, maqsadi, mas-lagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.

Yangi olam 1) biror ijtimoiy formatsiya oʻrnini olgan ikkinchi, yangi formatsiya.  Yangi olamga kirgan odamlarning hammasi oyogʻida eski olamning loyi bilan kirgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) koʻchma yangi sharoit, yangi muhit.  Umrini shaharda, shovqinli sexlarda oʻtkazgan bu yigit uchun qishloq mutlaqo yangi olam edi. S. Ahmad, „Hukm“ .

5 Odamning maʼnaviy, ichki dunyosi; oʻzi-ga xosligi.  Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisa-larning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmogʻim lozim boʻladi. "OʻTA" .

6 Biror soha, jabha.  Ilm olami. Siyosat olami. m U  endi.. Salimxondan koʻp soʻzlay-di, hatto Salimxonni siyosat olamiga sud-raydi. A. Qahhor, „Sarob“ .  Fan olamida yangi-lik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .

7 din. Bu dunyo; mavjud dunyo.  Olamdan oʻt-moq. yaya Qutbinisa onasi olamdan oʻtgandan buyen endi ohorli kiyim kiyishi edi. S. Ahmad, „Ufq“ .

Bir olam 1) oʻziga xos bir dunyo.  [Nor-mat] 1940 yili [Moskvadagi] qishloq xoʻ-jalik vistavkasini koʻrgandayoq: -Vistav-kaning oʻzi bir olam, — degan edi. I. Rahim, „Chin muhabbat; 2) juda koʻp, behad koʻp, koʻp-dan-koʻp, son-sanoqsiz“ .  U Moskavadan bir olam taassurotlar bilan qaytdi. T. Ashurov, „Oq ot“ . Boshqa olam Xulq-atvori boʻlak, boshqacha.  Ot esa tamom boshqa olam, ayniqsa mening qorabayirim. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . Jumla(i) olam Olamdagi hamma odam yoki narsa.  Oltin tuprogʻingda jumla olam bor. H. Gʻulom . Ikki olamda Hech vaqt, hech qachon. Olam guliston q. guliston.  Hammasiga oʻsha moshak sababchi. "Keling", deb telefon qil-maganda, olam guliston edi. N. Aminov, „Qah-qaha“ . Olam hodis Mabodo, ehtimol, boʻlishi mumkin, balki.  Olam hodis, qoʻlga tushib qolsang, soʻroq kezida aybni faqat oʻz boʻy-ningga olib, oraga meni qotishtirmaysan! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Olamga sigʻmay ketdi Behad xursand boʻldi.  Koʻrmaysizmi: suvning sharpasini eshitib, bechora [dehqon]lar olamga sigʻmay ketdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Parvardigori olam Olloh; olamning yara-tuvchisi, xalloqi olam, xudo.  Parvardigori olam duolarimizni mustajob qilgay. Pod-shohi olam esk. Zoʻr podshoh, ulugʻ podshoh. Xalloqi olam q. xalloq. Husn olami Husn-dor kishilar, nozaninlar toifasi.  Bu uza-tish (toʻy) majlisini jonli, ruhli oʻt-kazmoq uchun barcha qizlar oʻzlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib, favqulodda husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bezabdilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Sinonimlari

dunyo, jahon; koinot;

Antonimlari

ОЛАМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ruscha ru

olam
1 вселенная, мир;  olamning paydo boʻlishi происхождение вселённой;  oʻn sakkiz ming olam рел. вся вселенная, восемнадцать тысяч миров (из которых, согласно догматам мусульманской религии, состоит вселенная);
2 мир, царство;  oʻsimliklar olami растительный мир, растительное царство;  hayvonot olami животный мир, животное царство;  yulduzlar olami звёздный мир;
3 свет, мир, земля;  SSSR Konstitutsiyasi olamda birdan-bir, oxirigacha demokratik konstitutsiyadir Конституция СССР единственная вмире до конца демократическая конституция;  bu xabar butun olamga yoyildi это известие облетело весь мир;  uning ovozasi olamni tutdi его слава облетела весь мир;  olamda birinchi первый в мире, непревзойдённый;  podshohi olam 1) уст. шах всей земли, владыка мира; 2) перен. ирон. повелитель;  shahnshohi olam уст. шах шахов, повелитель мира;  olam hodis паче чаяния; на свете всё возможно;
4 мир (определённые круги общества);  artistlar olami артистический мир;  

  • olam guliston см.  guliston; olamdan oʻtmoq покинуть мир, умереть;  olam-olam или   olam-jahon бесчисленное множество, великое множество; уйма;  mitingga olam-jahon odam keldi на митинг пришло множество людей;  bir olam 1) специфический мир, нечто особое; 2) очень много; // бесчисленный, многочисленный;  boshqa olam совершенно иная (непонятная) вещь; нечто, не поддающееся пониманию;  jumlai olam все сущее;  ikki olamda никогда; ни на этом, ни на том свете; parvardigori или   xalloqi olam создатель мира (эпитет Аллаха);  husn olami мир красоты.
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads