olov

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

o-lov

Aytilishi

Etimologiyasi

OLOV Bu tojikcha ot olav tovush tarkibiga ega boʻlib (ТжРС, 285), oʻzbek tilida a tovushi o (â) tovushiga admashtirilgan; 'yonib turgan oʻt' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 534). Bu otdan oʻzbeq tilida olovlai-feʼli yasadgan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Yuqori haroratda yonib, nurla-nib turgan gaz, alanga, oʻt.  Olov yoqmoq. Olov-ni oʻchirmoq. Qumgʻonni olovga qoʻymoq. Olov-ning tishi yoʻq, hoʻl-quruq bilan ishi yoʻq. Maqol .

2 Choʻgʻ.  Tanchaning olovini oching, taqsir, badanimda qaltiroq turdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .  [Yoʻlchi] Bir qoʻlini qizning pe-shonasiga qoʻydi: -Naq olovday.. — dedi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Issiqlik, harorat.  Quyosh olovi. n  Quyosh osmondan olov quyyapti. S. Ahmad, „Taʼzim“ .  Huvillagan tunday yolgʻizlik qursin, Yolgʻiz chaqmoqtoshdan chiqmaydi olov. Ch. Ergash, „Orzuning ogʻir kipriklari“ .  Yoʻlchi quyoshning olov selida choʻmilib, toʻnka kovlar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

4 koʻchma Gʻayrati ichiga sigʻmaydigan, yuragida oʻti bor, joʻshqin.  Olov yigit. m  Sinfning eng shoʻx, olov oʻquvchisi Sanjar boʻlsa, ogʻzini katta ochgancha, Oysha xolaga tikilib qoldi. S. Zunnunova, „Koʻk chiroqlar“ .  Oʻziyam desangiz, otinoyisi, olov. Na bir qoʻrqishni biladi, na bir narsadan man tor-tishni. Sh. Toshmatov, „Erk qushi“ .

5 Joʻshqin tuygʻu, hissiyot.  Shuncha tutqun boʻlishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi allaqachon tushgan edi. S. Zunnunova, „Olov“ .  Isfandiyorning injiq va xudbin koʻnglida oʻch olovi yonardi. S. Siyoyev, „Avaz“ .

Ikki olov orasida (yoki oʻrtasida) xolmok Juda mushkul ahvolda, nima qilarini bilmay qolmoq.  Shoʻrlik asirlar ikki olov orasida qolgan edilar: chiqmay desalar, moʻgʻullar orqalaridan sanchar, chiqay desalar, mudofaachilarning oʻq va nayzasiga sanchilar edilar. M. Osim, „Oʻtror“ . Kesakdan olov chiq-qanday Gʻayrati yoʻq, loqayd odam kutil-magan bir ish qilganda aytiladigan ibora. Olov koʻzlar Charaqlab, yonib turgan koʻzlar.  Yosh Hojiya olov koʻzlarini charaqlatib, Onaxonga tikilgan edi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . Olov nafasli Soʻzi oʻtkir.  Uayt-gan tollar qulapti, bosh tiqmoqchi boʻlgan maktab-maorif sohasiga tamoman yangi odamlar, olov nafasli yoshlar kelipti. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . Urush olovini yoqmoq Urush chiqarish uchun xalqlarni bir-biriga gijgijlamoq, urush chiqarmoq, urushni boshlab bermoq.

Sinonimlari

otash, choʻgʻ, alanga

Antonimlari

ОЛОВ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

olov

Tillar

Ruscha ru

olov
1 огонь; // огненный;  olov rang огненный цвет;
2 жар, пыл;  quyosh olovi солнечный жар;
3 перен. огненный, пылкий, горячий;  olov yigit горячий парень;  

  • olovdek koʻrinmoq 1) бросаться в глаза; 2) поразить с первого взгляда;  ikki olov орасида (или oʻrtasida) qolmoq оказаться между двух огней;  urush olovini yoquvchilar поджигатели войны;  kesakdan olov chiqqanday (букв. словно огонь из сухого комка глины) вот это удивил! (говорится, когда человек обычно несмелый, неэнергичный совершил неожиданный поступок).
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads