qul

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

qul

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1. tar. Ekspluatatorlik jamiyatining ilk davrlarida xususiy mulk, mol qatori olib-sotilgan, butunlay xoʻjayinga qaram boʻlgan, hech qanday haq-huquq va molu mulkka ega boʻlmagan xizmatkor.  Oyjamol, mana bu yer qul bozori boʻlgan, — Sherniyoz sandiqsozlik doʻkoni qarshisidagi maydonchani koʻrsatdi. J. Sharipov, „Xorazm.「  Xafa boʻlmang, biz haq olmasdan ham ishlaymiz. Axir biz qulmizku, haq talab qilishga haddimiz bormi?! Mirmuhsin, „Meʼmor.「

2. Umuman, sinfiy jamiyatda ekspluatatsiya hamda siyosiy-iqtisodiy qaramlik asoratida har qanday huquqdan mahrum boʻlgan, eziluvchi kishi.  Qizlar bunda choʻri, tul edi, Yigitlar xoʻr, gado, qul edi. E. Rahim.

3. koʻchma salb. Kimsaga koʻr-koʻrona xizmat qiluvchi, boʻysunuvchi; itoatgoʻy, malay, xizmatkor.  Mashi, — dedi Fazliddin, — lekin shunday yaxshi qulni ular bizga berishmas, deyman. Oybek, „Tanlangan asarlar.「  Bizning Qamishkapada koʻpchilik ayollar hali ham "toʻrt devor" ichida erlariga qul boʻlib kelmoqdalar, — dedi Gulsum. P. Tursun, „Oʻqituvchi.「

4. koʻchma Biror kimsaga, yoki narsaga qattiq berilgan, dardi va xayoli oʻshanda boʻlgan kishi, uning fidoyisi.  Yaxshi gapning quliman. Oʻz qarashlarining quli.  Sen ham ot quliga oʻxshaysan. Oybek, „Tanlangan asarlar.「  ..oramizda Mirhaydar degan kecha-kunduz faqat ovqatni oʻylaydigan, qornining quli boʻlib qolgan.. bir yigit bor edi. O. Yoqubov, „Izlayman.「  Manguga qolay, deya shuhrat quli Iskandar Yuksak toqqa oʻzining suratini solibdi. A. Oripov, „Yurtim shamoli.「

5. Banda.  Xudo xabar olsin jami qulidan.. "Hasanxon".  Yo xudo, bu gunohkor oʻgʻlimga oʻzing tavfiq ber va men qulingni kechir. Oybek, „Nur qidirib.「

(Xudo) ol qulim deb (yoki desa) Xudo qoʻllab-quvvatlasa.  Ollohning dargohi keng. Ol qulim, deb zora hazrat oliylarining koʻngliga muruvvat solsa, ruxsat boʻlgʻay. S. Siyoyev, „Yorugʻlik.「

Quling oʻrgilsin Juda yaxshi, juda soz, ajoyib, qoyilmaqom.  Quling oʻrgilsin joy. Quling oʻrgilsin jonon.  Bunaqa quling oʻrgilsin shoʻrvani uyda keliningiz ham qilib bergan emas, xolajon! O. Yoqubov, „Bahor kunlaridan birida.「

Sinonimlari

Antonimlari

ҚУЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Sifat

qul

Ruscha ru

qul
прям. и перен. раб;  qul qilmoq порабощать, закабалять;  qariyalar yaxshi gapning quli (букв. старики - рабы хорошего слова) т. е. старикам кроме хорошего обхождения, ничего не нужно; qornining quli раб своего чрева;  

  • quling oʻrgilsin прекрасный, прелестный, восхитительный; чудесный, замечательный.
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads