taloq

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-loq

Aytilishi

Etimologiyasi

TALOQ 'organizmda qon zarralarini ishlab be — ruvchi aʼzo', ' qorajigar'. Hasipga t a l o h ham solinadi. Qadimgi turkiy tilda qam shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz asli talaq tarzida talaffuz qilingan (Devon, I, 390); oʻzbek tilida birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga, ikkinchi boʻgʻindagi a unlisi q undoshining taʼsiri bilan â unlisiga almashgan: talaq > tälâq. Asli bu soʻz yasama boʻlib, qadimgi turkiy tilda 'qora-jigar' maʼnosini anglatgan tal otidan (ДС, 528) kich — raytirish maʼnosini ifodalovchi —(a)q qoʻshimchasi bi-lan qosil qilingan: tal + aq > talaq. Bu soʻzning tar — kibini bunday tushuntirish nooʻrin ekani E.V.Sevortyan tomonidan taʼkidlangan, 'qorajigar' maʼnosini ang-latuvchi tal otiga kichraytirish maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha qoʻshishga eqtiyoj yoʻqligi aytilgan (ЭСТЯ, III, 137). Shu taʼkidni qisobga olib, boshqacharoq talqin berishga urindik: -(a)q qoʻshimchasi 'kichik' maʼnosini ifodalashiga shubqa yoʻq, demak, unda tal oti asli 'qorajigar' maʼnosini emas, balki boshqa bir maʼ-noni anglatgan, boshqa bir aʼzoning nomi boʻlgan (balki 'jigar' maʼnosini anglatgandir).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

arab. – ajralish, xotin bilan ajralish, qoʻyish;

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1. Nikohni buzish, bekor qilish haqidagi er tomonidan aytiladigan soʻz; bu soʻzning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan toʻla ozod qiladi.  "Taloq" soʻzini eshitgan Kumushning koʻzi yarq etib ochilib, yana yumildi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.「

Taloq qilmoq "Taloq" soʻzini aytib, nikohni buzmoq.  Xotin qilish qoʻlingizdan kelmasa, taloq qiling! A. Qahhor, „Mayiz yemagan xotin.「
Uch taloq Uch marta taloq; uzil-kesil ajralish (bu holda shariat qoidasiga koʻra, xotin to boshqa erga nikoxlanib, yana ajralmaguncha, oʻz eri bilan yarashuvi mumkin emas).  Usta Abdurahmon qizlarni koʻp uradi. Bir kuni Niso buvi: Ursangiz, oʻsha doʻkoningizga olib borib uring, — deganida, usta: Ha, joning achiydimi, bundan keyin men urayotganda, kulib turmasang, uch taloqsan.. — deb yubordi. A. Qahhor, „Boshsiz odam.「
Taloq xat(i) q. xat 9.

2. Qiz, xotin kabi soʻzlar bilan qoʻllanib (odatda qoʻshma soʻz sifatida), shu soʻzga nisbatli soʻkishni, haqoratni bildiradi.  Men axir singli taloqni joʻrttaga qoptirdimmi? A. Qodiriy, „Obid ketmon.「  Tirnoqcha joyimni sen xotintaloqqa bermaganim boʻlsin. Oybek, „Tanlangan asarlar.「  ..he, gap bilguncha ish bilgin, bachchataloq! A. Qodiriy, „Meqrobdan chayon.「

Sinonimlari

Antonimlari

Remove ads

II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-loq

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

ayn. qorajigar 1.  Qoʻy soʻyilishi bilan qorin qismiga yopishib turgan talogʻini asta koʻchirib olamiz. K. Maxmudov, „Oʻzbek tansiq taomlari.「

Sinonimlari

Antonimlari

ТАЛОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ruscha ru

taloq I
развод, расторжение брака (со стороны мужа);  taloq xat свидетельство о разводе;  uch taloq уст. рел. троекратный развод (после которого восстановить брачный союз возможно, по шариату, только после того, как разведенная жена выйдет замуж, хотя бы фиктивно, за другого и новый муж даст ей со своей стороны развод);  xotini taloq бран. (букв. разведённый с женой) мерзавец, подлец;  qiz taloq бран. чтоб дочь (твоя, его и т. д.) разошлась;  taloq qilmoq, taloq qoʻymoq, taloq bermoq разводиться, давать жене развод.

taloq II
анат. селезёнка;  

  • qora taloqka aylanib ketmoq совершенно почернеть, стать совсем чёрным.
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads