tanob

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ta-nob

Aytilishi

Etimologiyasi

arabcha — arqon; pay

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 esk. Yer oʻlchash, uzunlik oʻlchash, chiziq tortish va shu kabilarda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip.

Tanob tortmoq (yoki urmoq) Reja ip tortib oʻlchamoq.  Matchon toʻra kuzda hosilni yigʻishtirib olgach, qumgacha choʻzilgan boʻz yerlarga tanob urdirib, oʻziga qoʻshib oldi. J. Sharipov, „Xorazm「 .

2 kam qoʻll. Umuman, ingichka arqon, chilvir yoki kanop ip, rishta.  Shohning amri bilan ming polvon va kal ikki kecha-kunduz yoʻl tortib, Goʻsha togʻiga yetib, chortigʻlar [chodirlar] tanobini tortib, yotaverdi. Zulfizar bilan Avazxon .  Bekam-koʻst turmush kechirib, er-xotin totuv yashayotgan kezlarda toʻsatdan bu inoq oila charxining tanobi uzildi. I. Rahim, „Yosh xotin「 .  Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing, Qush uchirgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob. Nodira .

3 esk. tar. Oʻrta Osiyo xonliklarida: tomonlari 60 gazdan iborat boʻlgan maydonga teng yuza (yer) oʻlchov birligi.  Tong otguncha bir tanobcha yerning gʻoʻzasi suv ichdi. I. Raxim, „Chin muxabbat「 .  Bogʻning sathini Salim uch yarim tanob, Fazliddin uch tanob moʻl-jalladi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .

4 esk. tar. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda qoʻllangan uzunlik oʻlchov birligi (17-asrda 39,9 metrga teng boʻlgan).

Ogʻzining (yoki labining) tanobi qochmoq ayn. ogʻzining bogʻichi qochmoq q. bogʻich.  Murodovani koʻrganda ogʻzining tanobi qochadigan Zunnunov bugun haqiqatan ham xomush koʻrindi. I. Rahim, „Ixlos「 .  -Bor, yana bir miridan tashladim, — deb yubordi. Inglizning labining tanobi qochib, iljaydi. K. Yashin, „Hamza「 .
Tanobini tortmoq 1) yoʻl, hajm va shu kabilar jihatdan qisqartmoq, kamaytirmoq.  Mingan oti jonivor Yoʻlning tanobin tortdi. Nurali .  Umridan baraka topsin. Choʻlning tanobini tortyapti. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar「 .  Ovqatning tanobini tortib qoʻyishdi. I. Rahim, „Chin muxabbat「
2) boʻlmagʻur, nomaqbul ish-harakatga chek qoʻymoq, shunday xatti-harakatdan tiyib qoʻymoq}}.  ..xoʻjaliklarning badaniga zulukday yopishib olgan mana shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .  Amakisiga yon bosgan oʻgʻlidan ham ranjidi. Tanobini tortib qoʻymoq niyatida uyga kelsa, Javhar yoʻq. J. Abdullaxonov, „Xonadon「 .

Sinonimlari

Antonimlari

ТАНОБ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ruscha ru

tanob
1 уст. спец. длинный шнур или тонкая верёвка, при помощи которой измеряли площадь или провешивали горизонтальные и вертикальные линии;
2 = kanop 2;
3
уст. танап (мера площади, различная в разных районах; от 0,15 до 0,5 гектара);  tanob tortmoq уст. измерять земельный участок;  

  • tanobini tortmoq проучить; призвать к порядку;  Shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak (А. Ќаћћор, «Ќўшчинор») Необходимо проучить таких людей; yoʻlning tanobini tortmoq сокращать, срезать путь;  ogʻzining tanobi qochdi он очень обрадовался;  U xursandligidan ogʻzining tanobini ham yigʻishtira olmay qoldi («Муштум») Он не мог скрыть улыбку радости.
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads