termoq

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ter-moq

Aytilishi

Etimologiyasi

TER- 'sochilib yotgan narsalarni qoʻl bilan bir — ma—bir yigʻib ol—'. Gʻulomjon otxonaga kirib, toʻ— kilgan bedalarni oxurga t ye r i b soldi (Mirzaka-lon Ismoiliy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu feʼl dastlab tir— tarzida ta— laffuz qilingan (ПДП, 430); keyinroq i unlisi ye un — lisiga almashgan (Devon, III, 196; DS, 553): tir- > ter-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Sochilib yoki toʻkilib yotgan narsalarni qoʻl bilan birma-bir olib toʻp-lamoq, yigʻmoq.  Soylikdan mayda moui ter-moq. Oʻtin termoq. v  Ertalab Begoyim: "Gʻulomjonlarning qantak oʻrigi toʻlib yotib-di, terib kelgin", deb tayinlovdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .  Men yoshlikdan otam-ga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .

2 Don, meva, gul va sh.k. oʻsimlik ho-silini birma-bir olib toʻplamoq, yigʻmoq.  Gul termoq. Yongʻoq termoq. Moui termoq. Olcha termoq. yat Paxta tersang, toza ter, Chanogʻida qolmasin. "Qoʻshikdar" .  Bahor keldi elimizga — Koʻm-koʻk boʻldi bogʻ, dala. Sevinch toʻlib dilimizga, Terib keldik gul-lola. I. Muslim .  Toqqa chiqib terganing Pista bilan bodommi? "Qoʻshiqlar" .

3 Maʼlum tartibda ustma-ust, yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, oʻrnashtirmoq, taxlamoq.  Kitoblarni tokchaga termoq. Omborga qovun terib qoʻymoq. Savatga non termoq. Yashiklarga olma termoq. m  Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqonga terib, qozonga uyar, Raʼno boʻlsa, ayvonda kichkina ukalari orasida oʻtirar edi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon「 .

Gʻisht termoq 1) gʻishtlarni maʼlum tartibda taxlamoq.  Sidiqjonning diqqati oʻng tomondagi toʻqaynning ochiq yeriga terib qoʻyilgan son-sanoqsiz gʻishtga jalb boʻldi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari; 2) gʻisht-larni loy yoki sement qorishmasi bilan oʻzaro biriktirib, devor va sh「 .k. qurmoq.  Binoning gʻishtini termoq ; 3) yotqizmoq .  Hovli sahniga gʻisht termoq.

4 Narsalarni teshib yoki teshigidan ip, sim va sh.k. oʻtkazib, qator, yonma-yon joy-lashtirmoq, tizmoq.  Ipga munchoq termoq. yash Hayotxon bechora ip eshib, marvaridlarni te-rishga oʻtirdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .  Eshonxon chaqqonlik bilan sixlarga kabob terardi. Oybek, „Ulugʻ yoʻl「 .  Oʻziyam uncha-muncha marjonlardan emas, un ikki shoda-ya! Muncha-ni terguncha, yuraging qon boʻlib ketadi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .

</a>JZ-tl 76

5 Narsalarni joyidan, orasidan bir-ma-bir yulib, ajratib olib tashlamoq.  U [Mulla Shamsiddin] eshik oldidagi supada, oldida bir gʻalvir mayiz, choʻpini terib oʻtir-gan edi. A. Qahhor, „Bashorat「 .  Sigirning qu-logʻiga yana kana tushibdi! Kanadan ham koʻra sigir uning [Baqoyevning/ achchigʻini keltirar edi: kanani teray desa, qoʻymaydi, boshini silkiydi, pishqiradi. A. Qahhor, „Adabiyot muallimi「 .

6 plgrf. Bosish, nashr etish uchun tipografik belgi va harflarni tegishli tar-tibda joylashtirib, biror matn hosil qil-moq.  Elonni yirik harflar bilan termoq.

7 Ayrim belgi yoki raqamlarni yonma-yon, birin-ketin olib, keltirib, biror butun-lik hosil qilmoq.  Laʼlixon gaplashish uchun telefon oldiga bordi, trubkani qoʻliga olib, kerakli nomerlarni tera boshladi. Oydin, „Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit「 .

8 Saralamoq, tanlamoq.  Futbol koman-dasiga kuchli oʻyinchilar terib olindi. yash Polklardan ajratib, terib olingan hu-jumkor otryadlar artilleriya otishmalari-dan soʻng dushman ustiga tashlandi. Nazar-mat, „Joʻrlar band sayraydi「 .

9 Ketmon, tesha, bolta kabi asboblar yuzini bolgʻalab tekislamoq, yoymoq yoki oʻt-kirlamoq.  Ketmon yuzini termoq. Tesha ti-gʻini termoq.

Bez termoq q. bez. I. Rizqini termoq Nasibasini topib yeb, kun kechirmoq, amal-taqal kun koʻrmoq.  Shuning uchun "odamlar-ning hojatini chiqarib yura turay, tuzuk ish oʻzi chiqib qoladi", degan oʻyda sochilgan rizqini terib yura berdi. A. Qahhor, „Asarlar「 . Toshingni ter q. tosh.

Sinonimlari

Antonimlari

ТЕРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Feʼl

termoq termoq

Tillar

Ruscha ru

termoq
1 собирать, убирать;  qulupnay termoq собирать клубнику;  paxta termoq собирать хлопок;  kartoshka termoq убирать картошку;  choʻpchak termoq собирать хворост;
2 расставлять; укладывать, складывать; kitoblarni tokchalarga terib qoʻymoq расставить книги по полкам; omborga qovun terib qoʻymoq сложить дыни в сарай (ровными рядами); ishingni qil, toshingni ter бран. (букв. занимайся своим делом, укладывай свои камни) не суй нос не в своё дело;  savatga non termoq сложить лепёшки на плоскую корзину (имеющую форму подноса);  yashiklarga olma termoq уложить яблоки в ящики;
3 выкладывать; мостить, вымащивать;  yoʻlkaga gʻisht termoq выложить (вымостить) дорожку кирпичом;
4 отбирать выбирать, подбирать; podadan eng semiz qoʻylarni terib olmoq отобрать из стада самых жирных овец;
5 полигр. набирать; eʼlonni yirik harflar bilan tering наберите объявление крупным шрифтом; terilgan harflarni tarqatmoq разобрать (рассыпать) набор (набранные буквы);
6 нанизывать;  ipga munchoq termoq нанизывать бусины на нитку;
7 отбивать (серп, косу, кетмень);  bolgʻa bilan ketmonning yuzini termoq отбивать молотком лезвие кетменя;
8 собирать в складки;
9 спец. инкрустировать;  

  • bez termoq 1) подбирать мясные отбросы (букв. железы, напр. для кошки, собаки); 2) перен. попрошайничать, нищенствовать; qalloblik qilgandan koʻra, bez ter посл. лучше попрошайничай, чем жульничать;  qoshni termoq придавать бровям красивую форму (с помощью пинцета).
Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads