tus

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Pak qiz Andoza:kaa-interj

Qoraqalpoqcha (kar)

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tus

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Narsalarga xos boʻlgan rang, rang koʻrinishi.  Tusi oʻzgarmoq. Tusioqarmoq. Tu-sini yoʻqotmoq. n  Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bogʻchasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-lojuvard va boshqa tus kapalaklar-ning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir koʻrinishga kiradi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon「 .  Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida tovlanadi. N. Aminov, „Suvarak「 .  Mardon Yoʻlchiyevich novcha, yuzi choʻzinchoq, tusi ham Temirjonning chehrasi-day tiniq ekan. J. Abdullaxonov, „Oriyat「 .  Odatda dengiz suvi koʻkimtir rangli, boʻla-di. Primoryeda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi. Gazetadan .

2 Tashqi koʻrinish; qiyofa.  Zamonlar oʻz-garadi, joyning ham tusi oʻzgaradi. Y. Sham-sharov, „Toshqin「 .  Bolalarning qiy-chuvi, xo-tinlarning baqirib-chaqirishlari bu jim-jit toʻqayzorga mahalla tusini berib qoʻydi. S. Ahmad, „Ufq「 .  Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yoʻq, salqin, suv sepilgan, hovlining tusi oʻzgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi ochilganday edi. S. Nu-rov, „Narvoy「 .  Homid magʻrur tus bilan Ota-bekka qaradi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .  Qu-vonch, qoʻshiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi koʻrkam, Bayram tusida oʻl-kam. R. Bobojon .

Tus bermoq Qandaydir tus paydo qil-moq, qandaydir tusga olmoq, tusda ifoda-lamoq, tus kiritmoq.  Yuziga tushunib boʻl-maydigan allaqanday tu s berib, bir xoʻrsi-nib qoʻydi-da, unga dedi.. K. Yashin, „Hamza「 . -  Nahotki oʻz jangchilarimizni unutsak, — deya gapga tus berdi Muharram. Shuhrat, „Shinelli yillar「 .  Har anorlarki donasi choynakday, uzumini koʻtarolmay bukilib qolgan ishkomlar, yombi oltindek sap-sariq behilar bu boqqa chinakam jannat tusini berar edi. S. Ahmad, „Hukm「 . Tus olmoq Qan-daydir tus-qiyofa kasb etmoq; tusga kir-moq.  Uning rangi oqarib, vajohati qoʻrqinch-li tus oldi. M. Hazratqulov, „Jurʼat「 .  Pay-kallar etagini yuvib oqayotgan Qashqa suvi qizgʻish-sariq tus olib.. tol, jiydalar ostigacha toshgan. S. Nurov, „Narvoy「 .  Asta-sekin munosabatlarimiz boshqacha tus ola boshladi. E. Aʼzamov, „Javob「 . Tusga kirmoq Qandaydir tus, qiyofa kasb etmoq, tus-qiyo-faga aylanmoq.  Ariq va anhorlardagi suvlar shaffofligini yoʻqotib, mallarang tusga kirdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor「 .  Murzin uning nazarida lahza sari yuksalib, ajoyib qahramon tusiga kirib bormoqda edi. Shuh-rat, „Shinelli yillar「 .  Nafis kiyimlar bilan yosh kelin tusiga kirgan Xoljon.. de-razadan oʻtgan-ketganlarni tomosha qilib oʻtirdi. Gʻayratiy, „Dovdirash「 .

Sinonimlari

Antonimlari

ТУС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Ruscha ru

tus I
1
цвет; оттенок;  gʻoʻza guli kechga borib pushti tusga kiradi цветок хлопчатника к вечеру принимает розовый оттенок;  Rangi xamir tusiga kirdi, koʻz atroflari qizardi. (А. Ќаћћор, «Сароб») Лицо его приняло цвет теста (т. е. побледнело), а глаза покраснели...;  tusi oʻchdi 1) побледнел;  nega buncha tusing oʻchib ketibdi? почему ты так побледнел?; 2) выцвел, слинял;
2 масть;  ot tusi масть лошади;
3 вид, лицо;  tusi oʻzgardi он изменился в лице;  ...Davlatbaxt shaq-shaq titrar, tusida tus qolmagan edi (Ойбек, «Навоий») ... Давлатбахт сильно дрожала, на ней лица не было;
4 вид, образ, характер;  qishlogʻimiz shahar tusiga kirdi наш кишлак принял вид города;  jiddiy tus bilan с серьёзным видом;  masala jiddiy tus oldi вопрос принял серьёзный характер;  ahvol juda keskin tus oldi положение обострилось;  zavodimizda ratsionalizatorlik harakati ommaviy tus olib ketdi на нашем заводе рационализаторское движение приняло массовый характер;  bu odat tusiga kirib qoldi 1) это вошло в обычай, это стало обычаем; 2) это вошло в привычку, это стало привычкой.

tus II
(из chust);  tus doʻppi или   tus nusxa doʻppi чустская (ферганская) тюбетейка (чёрная с белой вышивкой, получившая широкое распрастранение по всему Узбекистану).

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads