vaqt

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

vaqt

Aytilishi

Etimologiyasi

a. وَقْت — zamon, vaqg muddati; on; mavsum

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Yuz berib turuvchi voqea-hodisa, narsalarning asrlar, yillar, soatlar, minutlar va sh. k. bilan oʻlchanadigan davo-miyligi, shunday oʻlchov belgisiga ega boʻlgan obyektiv hodisa.  Vaqt gʻoyat imimaboʻtardi. Hamma xavotirlanib bezovta boʻla boshladi. K. Yashin, „Hamza「 .  Lekin vaqt oʻz ishini qildi — oyni gʻarb ufqidan tortib kirib ketdi. Demak, tongotdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 .

2 Shu obyektiv hodisaning minut, soat, kun, yil va sh. k. bilan almashinuvidagi oraligʻi, qismi, boʻlagi.  Bayramlardagina kiyadigan, boshqa vaqtlarda chamadonida avashshb saqlaydigan oq surp koʻylagini kiy-di. S. Karomatov, „Oltin qum「 .  Biz bularning yoshida oʻqishni bilardik. Boʻsh vaqtlarni jamoat ishiga sarflardik. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol「 .  Otabek keyingi vaqtlarda savdoga yurishni tark qilib qoʻygani uchun, Hasana/sh ishsiz qolgan. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .

3 Soat, kun, oy, yil va shu kabilarning uz-luksiz izchil almashuvida biror maqsad uchun belgilangan yoki biror maqsad uchun foyda-lanilishi mumkin boʻlgan muddat oraligʻi; fursat.  Vaqtni qoʻldan bermoq. Vaqtdan yutmoq. Vaqtdan toʻgʻri foydalanmoq. Vaq-ting ketdi — naqding ketdi. Maqol . n  Uning ovozini eshitib, qoʻni-qoʻshnilar yigʻila bosh-lashdi. Vaqtni boy berish mumkin emasdi. K. Yashin, „Hamza「 .  ..boshingizni ikki qilish uchun, albatta, vaqt yetgandir, deb oʻylayman. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon「 .  Vaqt oʻtdi, biz ozchilikmiz. K. Yashin . Hamza.  Vaqtingiz boʻlsa, birpas gap.1ashay.shk. S. Ahmad, „Yulduz「 .

4 Vaqtning biror narsa, ish-mashgʻulot uchun belgilangan, ajratilgan boʻlagi; muddat.  Masalani toʻgʻri yechdi-yu, oqqa koʻchira-yotganida, vaqti tugab qoldi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol「 .  Tanaffus vaqtida hamma mukofotlanganlarni, mukofotlan-ganlar e s a bir-birlarini tabriklab, zal va foyelar gʻovur boʻlib ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 .  Suhbatimiz shu yerga yet-ganda.. soqchi kirib, vaqtlaring tugadi, deya ogohlantirib qoʻydi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati「 .

5 Obyektiv oʻtuvchi vaqtning maʼlum ijtimoiy hodisa, holatlar bilan bogʻliq, ular bilan kechgan boʻlagi; zamon, davr.  Quldorlik vaqtida. Moʻgʻumar hukmronligi vaqtida. n Chor hukumat vaqtidagi qul-ligingni oʻylasang. Hamza .

6 Obyektiv tarzda kechuvchi zamon, davr-ning, kishi hayotining maʼlum, aniq bir boʻlagi, nuqtasi, oraligʻi.  Vaqt kech boʻlib qoldi. Bolalik vaqti. Yoshlik vaqti. Yoz vaqti. Namoz vaqti. Ertalab Qoʻqondan chiqsa, asr vaqpiarida Margʻilonga kiradir.. A. Qodiriy Oʻtgan kunlar .  Vaqt peshindan oʻtgan, koʻk yuzida quyosh charaqlab turardi. S. Karomatov, „Oltin qum「 .  ..qizlik vaqtida Nuri ularning kulbasiga juda oz chiqar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .

7 fls. Borliqning, makon kabi, obyektiv real shakli, materiyaning yashash shakllari-dan biri.  Nisbiylik nazariyasi — materiya mavjud boʻladigan fazo va vaqt nazariyasidir. "Fan va turmush" .

Lini vaqt(da) 1) shu vaqtda, hozir(da), hozirning oʻzida.  Ayni vaqtda konsert davom etyapti\ 2) shu bilan birga .  Jurnalistika shu qadar ommaviy, ayni vaqtda, shu qadar yoqimli ishki, shu kasbning sohiblari doimo yurtning fikri-zikrida yashaydilar. X. Yodgorov, „Hayot toʻlqinlari「 .  U birov bilan shaxmat oʻynar va, ayni vaqtda, yigirmaga yaqin odamni ogʻziga qaratib, kuldirib oʻtirar edi. A. Qahhor, „Quyushqon「 . Aksar vaqt Koʻpincha.  Avaz.. yezda., bogʻ-hovliga chiqib ketar, koʻllarga borib, baliq ovlar, aksar vaqti ijod bilan band boʻlar edi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik「 . Baʼzi vaqt Baʼzi-baʼzida, baʼzan.  Baʼzi vaqt shularni oʻylab qolaman. Besh vaqt namoz Kuniga besh marta oʻqiladigan namoz (farzlardan biri).  Besh vaqt namozni kanda qilmasdan oʻqiydi, ixlos bilan roʻza tutadi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 . Bir vaqt 1) ayn. bir vaqtlar.  Uning oʻzi bir vaqt Rustamni yaxshi koʻrardi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol; 2) oʻylamagan, xayolga kelmagan, bilma-gan bir vaqtda「 .  Bir vaqt eshikdan ikki oʻspirin kirib keldi. "Guldasta" .  Bir vaqt munday qarasa, u ni chaqirayotgan Oqila buvi emas, jigarrang paltoli chiroyli qiz ekan. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol「 .  Bir vaqt Majid qulogʻi tepasida Fayzi otaning ovozini eshitib, boshini koʻtardi. "Guldasta" . Bir vaqtlar Oʻtgan vaqtlarda, ilgari (lari).  Bir vaqtlar erkak zotini telba qilishga qodir boʻlgan bu ohu koʻzlariga, hamon bichimi buzilmagan qaddi-qomatiga tikilgancha, miq etmayoʻtiraverdi. K. Yashin, „Hamza「 .  Bir vaqtlar joʻr boʻlib oʻpii yoshlikka, Yurardim hech soʻnmas tilagim bilan. A.Oripov, „Yillar armoni「 . Bir vaqti kelib ayn. vaqti kelib.  Bu qishloqda oʻsadigan bolalar bir vaqti kelib, ehtimol, bizning koʻp ish,shrimizdan kulishar. A. Qahhor, „Qushchinor chiroqlari「 . Vaqti kelib Vaqti yetganda, taqozo vaqti yetib (yetganda).  Vaqti kelib, bu odamga nimi uchun "inobatlik" sifati berilgani kishi-larning esidan chiqib ketadi. A. Qahhor, „Asarlar「 .  Shunday yangi xil oʻsimliklarni yaratish mumkinki, ular, vaqti kelib, ovqat xillarini koʻpaytiradi. Gazetadan .

Sinonimlari

Antonimlari

ВАҚТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

vaqt (koʻplik vaqtlar)

Ruscha ru

vaqt
время, пора, период;  vaqt ziq времени мало, время не ждет;  hozirgi vaqtda в настоящее время;  vagon yurgan vaqtda во время движения вагона;  yigʻim-terim vaqti время уборки урожая;  har ishning ham vaqti bor всему своё время; делу - время, потехе - час;  (oʻz) vaqtida вовремя, своевременно;  hech kim yoʻq vaqtda когда никого не было; когда нет никого;  baʼzi vaqt(da) иногда, порой, иной раз;  bir vaqt 1) как-то, как-то раз, однажды; 2) когда-нибудь;  bir vaqtlar(i) когда-то, некогда;  bu vaqt(da) в это время, в то (это) же время;  u vaqt(da) 1) в то время, тогда; 2) в таком случае, тогда, то;  shu bilan bir vaqtda одновременно с этим; наряду с этим;  shu vaqtgacha до сих пор;  shu vaqt(da) в это время, в этот момент;  el yotar vaqtida в то время, когда люди ложатся спать;  besh yashar vaqtida когда ему было пять лет, в пятилетнем возрасте;  oʻsha vaqtda в то время, в ту пору;  vaqti-be vaqt вовремя и не вовремя; когда нужно и не нужно, неожиданно;  vaqti-vaqti bilan время от времени; временами, по временам;  vaqti kelganda в нужный или подходящий моменг;  vaqti kelsa порой; если подвернётся случай;  vaqting ketdi - baxting ketdi посл. время упустил - счастье потерял;  vaqti xush (или chogʻ) в настроении, в весёлом настроении;  vaqtini chogʻ qilmoq 1) веселить; развеселить; 2) веселиться;  vaqt gʻanimat самое время, самое подходящее, удобное время;  vaqt gʻanimatida или   vaqtni qoʻldan bermay пока не поздно, не теряя времени, не упуская случая;  vaqt gʻanimatida oʻqib qol учись пока не поздно;  vaqtni gʻanimat topib (или bilib) улучив удобный (подходящий) момент; пользуясь удобным моментом;  koʻp vaqt 1) много времени;  koʻp vaqt oʻtdi прошло много времени; 2) часто, сплошь и рядом;  Toshkent vaqti bilan по ташкентскому времени.

Remove ads

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads