Map Graph
No coordinates found

Ikkinchi Jahon urushi

1939–1945-yillarda sodir boʻlgan global harbiy toʻqnashuvlar

Ikkinchi jahon urushi – XX asrda sodir boʻlgan jahon tarixidagi eng yirik urush. Ushbu urush XX asr fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirgan. Gʻarb mamlakatlari hukmron doiralarining „kelishtirish「 siyosati Avstriyani, Chexoslovakiyani Germaniyaga qoʻshib olinishiga va Myunxen bitimiga yoʻl ochib berdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishida SSSRning ham aybi bor. 1939-yil 23-avgustda SSSR bilan Germaniya oʻrtasida Molotov-Ribbentrop pakti 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qoʻshimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Sharqiy Yevropada oʻzlarining taʼsir doiralarini boʻlib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polsha davlati bilan bogʻliq edi. Sovet tomoni Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorussiya va Bessarabiya hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga daʼvo qilishdan ham voz kechdi.

Read article
Fayl:Infobox_collage_for_WWII.PNGFayl:Радиостанция_в_Гляйвице.jpgFayl:Бромбергский_погром.jpgFayl:Admiral_Graf_Spee_Flames.jpgFayl:Finnish_areas_ceded_in_1940_RUS.pngFayl:HMS_Warspite,_Norway_1940.jpgFayl:Rotterdam,_Laurenskerk,_na_bombardement_van_mei_1940.jpgFayl:Riga_1940_Soviet_Army.jpg