Map Graph

Chilpiq

Chilpiq – qadimgi inshoot qoldigʻi. Nukus va Beruniy shaharlari (Qoraqalpogʻiston) oraligʻidagi Sulton Uvays togʻi qoyalari ustida joylashgan. Ch. aylana shaklida boʻlib, atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan, bir tomoni kirish yoʻli sifatida ochiq qoldirilgan. Ch.ning 6–8 m lik devori saqlangan, ichki radiusi 12 m. Mahalliy aholi Ch.ning barpo etilishini afsonaviy devlar bilan bogʻlaydi. Ch. hududidan islomgacha boʻlgan qadimgi dafn marosimlariga xos yodgorliklar topilgan. Olimlar fikriga koʻra, Ch. otashparastlar jasadlarini keltirib qoʻyadigan maxsus daxma vazifasini oʻtagan.

Read article
Fayl:Chilpiq.JPG