Galata minorasi tarixi
Vizantiya imperiyasi bilan ittifoqda boʻlgan genuyaliklar 1267-yilda Oltin Shoxning shimolida Galatada "Pera" nomli mustamlaka qurdilar. Vaqt oʻtishi bilan Vizantiya tomonidan berilgan ruxsatlar bilan mustamlaka hukmronligini kengaytiradi. Bugungi kunda Galata minorasi sifatida tanilgan minora 1335—1349-yillar oraligʻida mintaqada qilingan istehkomning bir qismi sifatida barpo etilgan.Oʻsha paytda u "Muqaddas Xoch minorasi" sifatida tanilgan.Bunga sabab uning tepasida xoch bor edi.Minora joylashgan tepalik Genuya nazorati ostida edi.Konstantinopol 1453-yil 29-mayda Usmonlilar imperiyasiga qoʻshilgandan soʻng Peradagi genuyaliklar hech qanday qarshilik koʻrsatmasdan mustamlakani Usmonlilarga topshiradilar. Galatadagi istehkom, shu jumladan minora vayron qilingan boʻlsa-da, Usmonli sultoni ikkinchi Mehmed farmoni bilan vayronagarchiliklar toʻxtatilib, vayron boʻlgan qismi qayta tiklanadi. 1509-yildagi zilzila natijasida vayron boʻlgan minora 1510-yilga kelib taʼmirlanadi.16-17-asrlarda harbiy asirlar va materiallar ombori, Mehterhane oʻchogʻi va 18-asrga kelib oʻt oʻchiruvchilar tomonidan oʻt oʻchirish minorasi sifatida foydalanilgan.