Kaliningrad
Kaliningrad – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kaliningrad viloyati markazi. Mixail Kalinin nomiga qoʻyilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri bilan chuqur kanal orqali bogʻlangan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 413 ming kishi. Baliq ovlash va transport floti bazasi. Mashinasozlik va metallsozlik, sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida dengiz boʻyi iqlim kurortlari joylashgan.
Read article