SWIFT
Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiya jamiyati Belgiyada tashkil topgan kooperativ jamiyat boʻlib, umumjahon boʻylab banklarda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi va vositachi oʻlaroq xizmat qiladi. Bu tizim umumjahon boʻylab moliya institutlariga moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz, standartlashtirilgan va ishonchli tarzda yuborish va olish imkonini beradi. SWIFT, shuningdek, koʻpincha „SWIFTNet“da foydalanish uchun moliya institutlariga dasturiy taʼminot xizmatlarini hamda „SWIFT codes“ nomi bilan mashhur boʻlgan ISO 9362 „Business Identifier Codes“ ni sotadi. „Swift oʻtkazma“ „xalqaro pul oʻtkazma“ deb ham ataladi.
Read article