Map Graph
No coordinates found

Maryam Yoqubova

Maryam Yoqubova — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskva kino maktabini tugatgan (1928). 1929—32 yillarda Hamza teatri qoshidagi ishchisayyor teatrida, 1935—38 yillarda Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida, 1939— 41 yillarda Muqimiy teatrida, 1941 — 66 yillarda Hamza teatrida aktrisa. Musiqaviy iqtidorga ega boʻlgan aktrisa dramatik rollarning mohir ijrochisi, hajviy va salbiy rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari yorqin, maʼnodor va maishiy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Roʻzvon („Gulsara“), Jahon xoda, Zebo, Maysara, grafinya Diana, qirolicha Izabella, Ogudalova, Feklusha, Sultonbegim („Jaloliddin“), Xonzoda, Gertruda („Hamlet“), Mastura satang („Xolisxon“), Voynitskaya va b. Yo. kinoda ham sermahsul ijod qilib, oʻzbek milliy kinosi ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshdi. Xonzoda, sudya, Oyposhsha, Oʻzbekoyim kabilar shular jumlasidan. Telespektakllar va Oʻzbekiston radiosining bolalar uchun eshittirishlarida faol ishtirok etgan.

Read article