Elektr qarshilik — elektr zanjiri ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi. R — Elektr qarshilik, Om (Ω); U — Volt (V); I — Amper (A).