„Oʻrtar“ — oʻzbek xonandasi va aktyori Murodjon Ahmedov ijro etgan qoʻshiq. „Oʻtgan kunlar“ filmida yangraganidan keyin shuhrat qozongan. Qoʻshiq kuyini Ahmedovning oʻzi Mashrabning shu nomli gʻazaliga bastalagan. Oʻzbek tilidagi eng koʻp kaver qilingan qoʻshiqlarning biri.