Meta Platformsga tegishli mobil lahzali messenjer va ijtimoiy media xizmati
WhatsApp Messenger smartfonlar uchun propriyetar, kross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir. Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google Android, Windows, BlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40, Symbian, Nokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.