Muhammad Zayshan Ayyub
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhammad Zayshan Ayyub Xon (hindcha: मोहम्मद जीशान अय्यूब ज़ोन, ruscha: Мохаммед Зишан Айюб Хан) — hind filmlarida suratga tushgan hind aktyori[1]. Ayyub ikkinchi darajali rollarda ishtirok etadi va sakkiz yil davomida 25 dan ortiq filmlarda rollar ijro etgan[2]. Ayyub 2008-yilda Doordarshan telekanalida namoyish etilgan hind seriali Kyunki. . . Jeena Isi Ka Naam Haida ham suratga tushgan. Ayyub rejissyor Aanand L.Rai bilan to‘rtta filmida hamkorlik qilgan.
Muhammad Zayshan Ayyub | |
---|---|
Tavalludi |
Muhammad Zayshan Ayyub Xon 1984-yil Dehli, Hindiston |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2011-bugungi kun |
Turmush oʻrtogʻi |
Rasika Agashe (turm. 2007) |
Bolalari | 2 |
Ayyub oʻzining kino faoliyatini Raj Kumar Guptaning muvaffaqiyatli boʻlgan Jessikani hech kim o'ldirmagan (No One Killed Jessica 2011) yarim biografik trilleridagi salbiy rol bilan boshlagan, bu unga Filmfare mukofotining eng yaxshi erkak debyuti nominatsiyasini taqdim etgan. Keyinchalik u Mere Brother Ki Dulhan (2011), Jannat 2 (2012), Raanjhanaa (2013), Shahid (2013), Tubelight (2017), Manikarnika: The Queen of Jansi (2019) va 15-modda (2019) filmlarida suratga tushgan. Ayyub oʻzining eng katta tijorat muvaffaqiyatlariga Tanu Weds Manu: Returns (2015) romantik komediyasi, Raees kriminal trilleri (2017) va Missiya Mangal (2019) ilmiy drama filmidagi qisqa rollari orqali erishgan, bularning barchasi eng yuqori daromad keltiruvchi filmlar qatoriga kiradi. Uning faoliyatidagi yagona yetakchi roli Sameer (2017) filmida boʻlgan.