AFC Osiyo kubogi 2023
From Wikipedia, the free encyclopedia
2023-yilgi AFC Osiyo kubogi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan erkaklar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatining 18-marta boʻladi. 2019-yilda 24 ta terma jamoa ishtirok etgan turnirda, Qatar chempionlikni qoʻlga kiritadi[3][4].
كأس آسيا ٢٠٢٣ | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Qatar |
Sana | 12-yanvar – 10-fevral 2024-yil |
Jamoalar | 24 (1 ta konfederatsiyadan) |
Bellashuv joylari | 9 (5 mezbon shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Qatar (2-marta) |
2-oʻrin | Iordaniya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 51 |
Gollar soni | 132 (har oʻyinda oʻrtacha 2.59 ta) |
Muxlislar soni | 1 507 790 (har oʻyinda oʻrtacha 29 565 ta) |
Toʻpurar(lar) | Akram Afif (8 goals) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Akram Afif[1] |
Eng yaxshi darvozabon | Meshaal Barsham[2] |
Feyr-pley jamoa | Qatar |
← 2019 2027 → |
Musobaqa dastlab Xitoyda 2023-yilning 16-iyunidan 16-iyuliga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi[5]. 2022-yil 14-may kuni AFC Xitoyning COVID-19 pandemiyasi va Xitoyning „Zero-COVID“ siyosati sabab turnirni Xitoyda oʻtkazmasligini eʼlon qilgan[6].
17-oktyabr kuni OFK musobaqani Qatarda oʻtkazilishini eʼlon qildi[7]. Qatar 1988 va 2011-yillardagi mezbonlikdan keyin uchta Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan birinchi davlatga aylandi[8]. Fors koʻrfazi mintaqasida yozda havo haroratining yuqori boʻlishi va Qatarning 2023-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etishi sababli turnir 2024-yilning 12-yanvaridan 10-fevraliga koʻchirildi[9][10].