amerikalik qoʻshiqchi va aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Ariana Grande-Butera (26-iyun 1993-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U oʻz karyerasi davomida koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Grammy mukofotiga, bir marta Brit mukofotiga, ikki marta Billboard Music Awardsga, uch marta American Music Awards va toʻqqiz marta MTV Video Music Awardsga loyiq topilgan.
Ariana Grande | |
---|---|
Tavalludi |
Ariana Grande-Butera 26-iyun 1993-yil Boca Raton, Florida, AQSh |
Janrlar | Pop • R&B |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2008 – hozirgacha |
Leybllar | Republic |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi |
Dalton Gomez (turm. 2021) |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Veb-sayt | arianagrande.com |
Imzosi | |
Floridaning Boca Raton shahrida tugʻilgan Grande musiqiy faoliyatini ilk bor oʻn besh yoshida 2008-yilda Broadway teatrida sahnalashtirilgan 13 nomli myuzikl bilan boshlagan. U Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan Victorious (2010—2013) va Sam & Cat (2013—2014) teleseriallaridagi Cat Valentine roli bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik, uning YouTubedagi kaver versiyada kuylangan ashulalarini payqagan Republic Records studiyasi u bilan 2011-yilda shartnoma imzolaydi. Uning pop va R&B janrlaridagi Yours Truly (2013) nomli debyut albomi AQSh Billboard 200 chartida birinchi raqamli albom boʻldi[1] va albomning „The Way“ singli esa Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi.
Grande oʻzining ikkinchi va uchinchi studiya albomlari sanalmish My Everything (2014) va Dangerous Woman (2016) albomlarida pop va R&B janrlarini davom ettiradigan EDM elementlaridan foydalandi. Albomlardan birinchisi global miqyosda muvaffaqiyat qozondi va albomning „Problem“, „Break Free“ va „Bang Bang“ singllari Billboard 200 chartida top oʻntalikka kirdi; ikkinchisi Birlashgan Qirollik albomlari chartida toʻrtta ketma-ket birinchi raqamli albomlarning biri boʻldi. Shaxsiy kurashlari uning trap elementlaridan foydalangan toʻrtinchi va beshinchi studiya albomlari boʻlmish Sweetener (2018) va Thank U, Next (2019) larga taʼsir koʻrsatdi hamda albomlarning har ikkisi ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Sweetener albomi Grammyning „Eng yaxshi pop vokal albomi“ nominatsiyasiga loyiq topildi, Thank U, Next albomi esa koʻplab streaming xizmatlarida rekord oʻrnatdi va Grammyning „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi[2]. „Thank U, Next“, „7 Rings“ va „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ singllari Billboard Hot 100 chartida ilk uchtalikni band qildi hamda Grade bir vaqtning oʻzida ham tarixda buni amalga oshirgan ilk artist boʻldi, ham UK Singles Chart roʻyxatida rekordini yangiladi. Uning 2020-yilda Justin Bieber bilan birgalikda ijro etilgan „Stuck with U“ hamda Lady Gaga bilan birgalikda ijro etilgan „Rain on Me“ ashulalari Hot 100 chartidagi birinchi raqamli debyut rekordini yangilashga koʻmaklashdi, hatto yuqoridagi singllardan ikkinchisi unga Grammyning „Eng yaxshi pop duo/group ijrochisi“ nominatsiyasini olib keldi. Grandening R&B janridagi navbatdagi oltinchi studiya albomi Positions (2020) va uning xuddi shu nomdagi albom treki ham AQSh, ham Buyuk Britaniya musiqiy chartlarida birinchi raqamli albom boʻldi. 2021-yilda Grande „Save Your Tears“ ashulasidagi The Weeknd bilan duetidan soʻng, oltinchi marotaba AQShning birinchi raqamli singlini qozondi.
Ariana Grande-Butera 26-iyun 1993-yilda Florida shtatining Boca Raton shahrida tugʻilgan[3][4]. Uning onasi Joan Grande boʻlib, aloqa va xavfsizlik uskunalari ishlab chiqaruvchi shirkat boʻlmish Hose-McCann Communications shirkati bosh ijrochi direktori[5], otasi esa Edward Butera boʻlib, Boca Ratondagi grafik dizayn bilan shugʻullanuvchi firma egasi boʻlgan[6][7]. Grandening kelib-chiqishi italiyalik boʻlib[8], u oʻzini italyan amerikalik, deb taʼriflaydi[9]. Uning Frankie Grande ismli katta oʻgay akasi ham bor boʻlib, u qiziqchi va produserdir[10][11]. Grande, shuningdek, ona tomondan buvisi Marjorie Grande bilan yaqin munosabatda hisoblanadi[12]. Uning oilasi tugʻilishidan avval New Yorkdan Floridaga koʻchib kelgan hamda Grande sakkiz yoki toʻqqiz yosh boʻlganida ajrashishgan[7].
Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan teleserialdagi rolidan avval Grande Broadway teatrida 2008-yilda sahnalashtirilgan 13 nomli myuziklda Charlotte personajini ijro etadi. U myuziklga qoʻshilganda, tahsil olayotgan maktabi — North Broward maktabidagi darslarda ishtirok eta olmaydi, ammo oʻqishni davom ettirdi; maktab unga tahsil olishi uchun materiallar yuborib turdi[13]. U, shuningdek, boʻsh vaqtlarida New York shahrida joylashgan „Birdland“ jaz klubida qoʻshiq kuylab turgan[14].
2010-yildan 2013-yilgacha Grande Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan shou — Victoriousda Cat Valentine qahramonini jonlantiradi. Uning roli Grandega oʻsmirlar idoli statusiga ega boʻlishida koʻmaklashdi, ammo u koʻproq musiqiy karyeraga qiziqib, aktyorlikni „zavqli, lekin musiqa har doim men uchun birinchi boʻlgan“ deya taʼrifladi[15]. 2012-yilning avgustida Nickelodeon Victorious teleseriali uch faslgacha davom etishini eʼlon qiladi[16]. Biroq, shu oyning soʻngida, Nickelodeon Sam & Cat nomli spin-off shou efirga uzatilishini eʼlon qiladi. Bu shouda Victorious serialidagi Grande bilan iCarly serialidagi Jennette McCurdy birlashishadi. Ular Sam & Cat shousida Cat Valentine va Sam Puckett oʻlaroq rollarini oʻynashadi[17].
Garchi Sam & Cat Nickelodeon uchun muvaffaqiyatli shou boʻlgan boʻlsa-da, Grandening musiqiy karyerasi va boshqa muammolari tufayli shou 2014-yilning 13-iyulida bekor qilinadi. Shouning soʻnggi qismi 17-iyulda efirga uzatiladi.
Grande oʻzining debyut albomi boʻlmish Yours Truly (dastlab nomi Daydreamin' boʻlgan) uchun uch yil vaqt sarflaydi[18]. U ushbu albomni 2013-yilning iyunida niholaydi, 2013-yilning avgustida esa chiqariladi. 2013-yilning sentyabrida bu albom AQSh Billboard 200 albomlar chartida birinchi raqamli albom boʻldi va ilk haftaning oʻzidanoq 138 000 ta nusxada sotildi. Bu Grandeni Keshadan keyin ilk albomidanoq chartda birinchi raqamni band qilgan ilk ayol artistga aylantirdi[19]. Albomning ilk singli — „The Way“ pitsburglik rapper Mac Miller bilan birgalikda ijro etilgan boʻlib, 2013-yilning 26-martida chiqarilgan[20]. Ushbu ashula chiqarilganidan boshlab hisoblaganda, 48 soat ichida 120 000 ta nusxada sotildi, ochilish haftasida esa 219 000 tadan oshiq nusxada sotildi[21][22]. Shuningdek, birinchi albom singllari oʻlaroq „Baby I“ va „Right There“ singllari ham chiqarilgan[23][24].
2014-yilning yanvarida Grande ikkinchi studiya albomi ustida ishlashni boshlaydi[25]. U albomni 2014-yilning martida nihoyalaydi[26]. Albomning birinchi singli „Problem“ boʻlib, bu ashula avstraliyalik rapper Iggy Azalea bilan birgalikda kuylangan[27]. Bu tarona 27-aprelda 2014 Radio Disney Music Awards taqdimotida premyera qilingan[28]. Albomning ikkinchi singli „Break Free“ rus—olmon produser Zedd bilan birgalikda ijro etilgan boʻlib, qoʻshiq premyerasi 2-iyulda, MTV telekanalida efirga uzatiladigan Total Request Live shousining Total Ariana Live deb nomlangan bir kunlik epizodida boʻlib oʻtadi[29]. 2014-yil 28-iyulda Grande 25-avgustda chiqarilishi kutilayotgan My Everything albomi nomini eʼlon qiladi[30]. 2015-yilning fevralida Grande My Everything albomini ommalashtirish maqsadida ilk umumjahon turnesi boʻlgan The Honeymoon Tourni amalga oshirdi va bu turne davomida Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida safarda boʻldi[31].
Grande uchinchi studiya albomi boʻlmish Dangerous Woman („Xavfli ayol“; dastlab nomi Moonlight („Oy nuri“) boʻlgan, keyinchalik nomini hozirgi nomga oʻzgartirgan) uchun qoʻshiqlar yozishni 2015-yilda boshlaydi[32][33]. Ushbu albom 2016-yil 20-mayda chiqarildi hamda Billboard 200 chartida ikkinchi raqamli albom boʻldi. Shu yilning oktyabrida u albomning dastlab chiqishli singli boʻlgan „Focus“ni chiqardi; ashula Billboard Hot 100 chartida top yettinchi hit qoʻshiq boʻldi[34]. Keyingi oyda amerikalik qoʻshiqchi Who Is Fancy oʻzining Grande va Meghan Trainor bilan birgalikda ijro etgan „Boys Like You“ nomli ashulasini chiqardi[35]. Keyinchalik, Grande ingliz ashulachisi Nathan Sykesning 2016-yil yanvarda chiqarilgan Unfinished Business studiya solo albomidagi „Over and Over Again“ ashulasining remiks versiyasini taqdim etadi[36]. U, shunungdek, bosh rollarni Ben Stiller va Owen Wilson jonlantirgan komediya janridagi kartina boʻlmish Zoolander 2 filmida epizodik rolda koʻrinish berdi[37]. Albomning keyinchalik chiqishli singli boʻlgan (albom nomi Moonlightdan Dangerous Womanga oʻzgargandan soʻng) „Dangerous Woman“ 2016-yil 11-martda chiqarildi hamda bu ashula Billboard Hot 100 chartida sakkizinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Albomning ikkinchi va uchinchi singllari — „Into You“ va „Side to Side“, mos ravishda chartda oʻn uchinchi va toʻrtinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Umuman olganda, albom tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albomni targʻib qilish maqsadida Grande 2016 Billboard Music Awards va MTV Video Music Awards taqdimotlarida qatnashdi. U, shuningdek, Saturday Night Live teledasturida ham boshlovchi, ham mehmon sifatida koʻrinish berdi. Grande 2017-yilda Dangerous Woman Tour davomida koʻplab mamlakatlarda, jumladan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda boʻldi. 2017-yil 22-may sanasida Grandening Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan Manchester arenasidagi konsertida sodir boʻlgan portlash haqida koʻplab xabarlar paydo boʻldi. Politsiya maʼlumotiga koʻra, portlashda 22 kishi halok boʻlgan, 59 kishi esa jarohatlangan[38]. Portlashdan soʻng, Grande turne safarining qolgan qismini toʻxtatdi hamda 4-yun kuni „One Love Manchester“ deb nomlangan yordam konsertini oʻtkazib[39], portlash qurbonlari va jabrlangan oilalarga yordam boʻlishi uchun $23 million miqdorda mablagʻ yigʻdi[40][41].
Grande 2016-yilda Pharrell Williams bilan toʻrtinchi albomi Sweetener uchun ashulalar yozishni boshladi, ammo „Manchesterda sodir boʻlgan hodisalar loyiha umidini keskin oʻzgartirdi“[42]. Grande 2018-yil aprel oyida Sweetener albomining chiqishli singli oʻlaroq „No Tears Left to Cry“ qoʻshigʻini chiqardi[43] va bu ashula Billboard Hot 100 chartida top uchinchi raqamni egallagan boʻlib, buning ortidan Grande ilk toʻrt albomining ilk singli ham Hot 100 roʻyxatida top oʻntalikka kirgan yagona artistga aylandi[44][45]. Yaʼni, uning „The Way“ (Yours Truly albomidan), „Problem“ (My Everything albomidan), „Dangerous Woman“ (Dangerous Woman albomidan) va „No Tears Left to Cry“ singllari mos ravishda chartlarda 10-, 3-, 10- va 3-oʻrinlarni egallagan[46]. Sweetener albomi chiqarilganidan olti oy oʻtgach, Grande beshinchi studiya albomi — Thank U, Nextni chiqardi. Keyinchalik, 2020-yilda uning oltinchi studiya albomi — Positions chiqarildi.
Ariana Grande 2018-yilning mayida qiziqchi Pete Davidson bilan uchrashishni boshlaydi[47] hamda 2018-yilning 11-iyunida koʻplab axborot vositalari Davidson va Grande unashtirilganligi haqida xabar berishdi. Ularning munosabati 2018-yilning oktyabrida nihoyalangan[48].
2019-yilning noyabrida Grande senator Bernie Sandersning ikkinchi prezidentlik saylovini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[49].
2020-yilning dekabrida Grande koʻchmas mulk agenti Dalton Gomez bilan munosabat oʻrnatdi[50]. Ular 2021-yilning may oyi oʻrtalarida turmush qurishdi[51].
Yil | Nomi | Rol | Izohlar | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|
Snowflake, the White Gorilla | Snowflake (ovoz bergan) | Inglizcha dublyaj | [52][53][54] | |
Underdogs | Laura (ovoz bergan) | Inglizcha dublyaj; direct-to-video | ||
Zoolander 2 | Bondaj libosidagi ayol | Epizod rolda | ||
Qora libosli odamlar: Xalqaro daraja | Alien TV Monitorsda | Epizod rolda | ||
Ariana Grande: Excuse Me, I Love You | Oʻzi | Ijrochi produser | ||
Billie Eilish: The World’s a Little Blurry | Oʻzi | Epizod rolda | ||
Yuqoriga qarama | Riley Bina | Post-production |
Yil | Nom | Rol | Izohlar | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|
2009 | The Battery’s Down | Bat Mitzvah Riffer | Qism: „Bad Bad News“ | |
2010-13 | Victorious | Cat Valentine | Bosh rol | |
2011 | iParty with Victorious | Cat Valentine | Televizion film | |
2011-13 | Winx Club | Malika Diaspro (ovoz bergan) | ||
2013 | Swindle | Amanda Benson | Televizion film | |
2013-14 | Sam & Cat | Cat Valentine | Bosh rol | |
2014 | Family Guy | Italian Daughter (ovoz bergan) | Qism: „Mom’s the Word“ | |
Saturday Night Live | Oʻzi/mehmon | Qism: „Chris Pratt/Ariana Grande“ | ||
2015 | RuPaul’s Drag Race | Oʻzi/mehmon hakam | Qism:
„Ru Hollywood Stories“ |
|
Knock Knock Live | Oʻzi | Efirga uzatilmagan qism | ||
Scream Queens | Sonya Herfmann / Chanel #2 | 4 ta qism | ||
2016 | Saturday Night Live | Mehmon | Qism: „Ariana Grande“ | |
Hairspray Live! | Penny Pingleton | Special | ||
2017 | One Love Manchester | Tashkilotchi va ijrochi | Special | |
Carpool Karaoke: The Series | Oʻzi | Qism: „Seth MacFarlane & Ariana Grande“ | ||
2018 | A Very Wicked Halloween | Oʻzi | Special | |
Ariana Grande at the BBC | Oʻzi | Special | ||
Ariana Grande: Dangerous Woman Diaries | Oʻzi | YouTube | ||
2019 | Keeping Up with the Kardashians | Oʻzi | Qism: „Fire Escape“ | |
2020 | Justin Bieber: Seasons | Oʻzi | Epizod rolda | |
Kidding | Piccola Grande | Qism: „Episode 3101“ | ||
The Disney Family Singalong | Oʻzi | Special | ||
Mariah Carey’s Magical Christmas Special | Oʻzi | Special | ||
2021 | The Late Late Show with James Corden | Oʻzi | Mehmon | |
The Voice | Oʻzi | Kelgusi 21-fasldan | [72] |
Title | Sana | Albom (lar) | Mintaqa (lar) | Shoular | Daromad | Tashrif | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|---|---|---|
The Listening Sessions | 13-avgust 2013-yil — 22-sentyabr 2013-yil | Yours Truly | Shimoliy Amerika | 11 | $680 | 25 | [76] [77] [78] |
The Listening Sessions roʻyxati
| |||||||
The Honeymoon Tour | 25-fevral 2015-yil — 25-oktyabr 2015-yil | My Everything | Shimoliy Amerika Yevropa Osiyo Lotin Amerikasi |
88 | $41,800,000 | 808,667 | [79][80][81] |
The Honeymoon Tour roʻyxati
| |||||||
Dangerous Woman Tour | 3-fevral 2017-yil — 21-sentyabr 2017-yil | Dangerous Woman | Shimoliy Amerika Yevropa Lotin Amerikasi Osiyo Okeaniya |
77 | $71,000,000 | 853,554 | [82][83][84] |
Dangerous Woman Tour roʻyxati
| |||||||
Sweetener World Tour | 18-mart 2019-yil — 22-dekabr 2019-yil | Sweetener Thank U, Next |
Shimoliy Amerika Yevropa |
101 | $146,400,000 | 1,300,000 | [85][86][87][88] |
Sweetener World Tour roʻyxati
| |||||||
Nomi | Sana | Albom (lar) | Shaharlar | Shoular | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|---|
The Sweetener Sessions | 20-avgust 2018-yil — 4-sentyabr 2018-yil | Sweetener | New York shahri Chikago Los Angeles London |
4 | [76] [77] [78] |
The Sweetener Sessions roʻyxati
|
Sana | Hodisa | Tavsif | Shahar | Ijro etilgan qoʻshiqlar |
---|---|---|---|---|
4-iyun 2017-yil | One Love Manchester | Manchesterda portlash (2017) | Manchester, England | "Be Alright" · „Break Free“ · „Better Days“ (Victoria Monét bilan birgalikda) · „Where Is the Love?“ (The Black Eyed Peas bilan birgalikda) · „My Everything“ (Parrs Wood High School xor jamoasi bilan birgalikda) · „The Way“ (Mac Miller bilan birgalikda) · „Dang!“ (Mac Miller bilan birgalikda) · „Don't Dream It's Over“ (Miley Cyrus bilan birgalikda) · „Side to Side“ · „Love Me Harder“ · „Don't Look Back in Anger“ (Coldplay bilan birgalikda) · „One Last Time“ · „Somewhere Over the Rainbow“ |
14-aprel 2019-yil — 21-aprel 2019-yil | Coachella Valley Music and Arts Festival | Musiqa va sanʼat festivali | Indio, California | "Raindrops (An Angel Cried)" · „God Is a Woman“ · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ (NSYNC bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Tearin' Up My Heart“ (NSYNC bilan birgalikda) (birinchi shou) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ (Nicki Minaj bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Bang Bang“ (Nicki Minaj bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „7 Rings“ · „Love Me Harder“ · „Breathin“ · „Needy“ · „Right There“ · „Break Your Heart Right Back“ · „Mo Money Mo Problems“ (Diddy va Mase bilan birgalikda) (birinchi shou) · „NASA“ · „Goodnight n Go“ (birinchi shou) · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „Sorry“ (Justin Bieber bilan birgalikda) (ikkinchi shou) · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“ |
4-avgust 2019-yil | Lollapalooza | Musiqiy festival | Chikago, Illinois | "God Is a Woman" · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Boyfriend“ (Social House bilan birgalikda) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Breathin“ · „Needy“ · „NASA“ · „Get Well Soon“ · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“ |
25-avgust 2019-yil | Manchester Pride | en:LGBT pride festivali va paradi | Manchester, Angliya | "No Tears Left to Cry" · „Be Alright“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Break Free“ · „Breathin“ · „Thank U, Next“ · „One Last Time“ |
Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|
2013 | New Artist of the Year | — | Yutuq | [89] |
2015 | Artist of the Year | Nominatsiya | [90] | |
Favorite Pop/Rock Female Artist | Yutuq | |||
2016 | Artist of the Year | Yutuq | [91] | |
2018 | Favorite Social Artist | Nominatsiya | [92] | |
2019 | Nominatsiya | [93] | ||
Artist of the Year | Nominatsiya | |||
Favorite Pop/Rock Female Artist | Nominatsiya | |||
Tour of the Year | Sweetener World Tour | Nominatsiya | ||
Favorite Pop/Rock Album | Thank U, Next | Nominatsiya | ||
Favorite Music Video | „7 Rings“ | Nominatsiya | ||
2020 | "Rain on Me"
(Lady Gaga bilan birgalikda) |
Nominatsiya | [94] | |
Collaboration of the Year | Nominatsiya | |||
Favorite Social artist | — | Nominatsiya |
Bambi Awards
Yil | Turkum | Natija | Manba (lar) |
---|---|---|---|
2014 | Best Newcomer | Yutuq | [95] |
BBC Radio 1’s Teen Awards
Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|
2014 | Top New Artist | — | Nominatsiya | [99] |
2015 | Top Artist | Nominatsiya | [100] | |
Top Female Artist | Nominatsiya | |||
Top Hot 100 Artist | Nominatsiya | |||
Top Social Artist | Nominatsiya | |||
Top Streaming Artist | Nominatsiya | |||
Top Dance/Electronic Song | "Break Free"
(Zedd bilan birgalikda) |
Nominatsiya | ||
2016 | Top Female Artist | — | Nominatsiya | [101] |
Top Social Media Artist | Nominatsiya | |||
2017 | Top Artist | Nominatsiya | [102] | |
Top Female Artist | Nominatsiya | |||
Top Social Artist | Nominatsiya | |||
2018 | Top Social Artist | Nominatsiya | ||
2019 | Top Artist | Nominatsiya | [103] | |
Top Female Artist | Yutuq | |||
Billboard Chart Achievement Award | Yutuq | |||
Top Hot 100 Artist | Nominatsiya | |||
Top Billboard 200 Artist | Nominatsiya | |||
Top Streaming Songs Artist | Nominatsiya | |||
Top Song Sales Artist | Nominatsiya | |||
Top Radio Songs Artist | Nominatsiya | |||
Top Social Artist | Nominatsiya | |||
2020 | Nominatsiya | [104] | ||
Top Female Artist | Nominatsiya | |||
Top Billboard 200 Album | Thank U, Next | Nominatsiya |
Brit Awards
Japan Gold Disc Award
Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|
2015 | New Artist of the Year (International) | — | Yutuq | [108] |
Best 3 New Artists (International) | Yutuq | |||
Best 3 Albums (International) | My Everything | Yutuq | ||
2017 | International Artist of the Year | — | Yutuq | [109] |
International Album of the Year | Dangerous Woman | Yutuq | ||
Best 3 Albums (International) | Yutuq | |||
2019 | Sweetener | Yutuq | [110] |
Kids' Choice Awards
Yil | Turkum | Nominatsiya | Natija | Manba (lar) |
---|---|---|---|---|
2015 | Favorite Female Artist | — | Nominatsiya | [111] [112] |
Song of The Year | "Bang Bang"
(Jessie J va Nicki Minaj bilan birgalikda) |
Yutuq | ||
„Problem“
(Iggy Azalea bilan birgalikda) |
Nominatsiya | |||
2016 | Favorite Female Artist | — | Yutuq | [113] [114] |
2017 | Nominatsiya | [115] | ||
Favorite Song | "Side To Side"
(Nicki Minaj bilan birgalikda) |
Nominatsiya | ||
2019 | „Thank U, Next“ | Yutuq | [116] | |
Favorite Female Artist | — | Yutuq | ||
2020 | Favorite Song | „7 Rings“ | Nominatsiya | [117] |
Favorite Female Artist | — | Yutuq | ||
2021 | Yutuq | [118] | ||
Favorite Music Collaboration | „Rain On Me“
(Lady Gaga bilan birgalikda) |
Nominatsiya | ||
„Stuck with U“
(Justin Bieber bilan birgalikda) |
Yutuq |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.