Audiokitob
From Wikipedia, the free encyclopedia
Audiokitob (lotincha: audio „tinglash“ [1]) har qanday audio tashuvchi vositada yozilgan ovozli adabiy asardir. [2][3]
Audio tashuvchi vositalar — gramplastinkalar, kompakt (CD) disklar, kompakt kassetalar, qattiq disklar yoki Internetdan audio fayllar boʻlishi mumkin.
Audiokitoblar ham qiziqarli, ham tarbiyaviy, taʼlim beruvchi boʻlishi mumkin. Ularga nogironlar, koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun audio adabiyotlar, yosh bolalar uchun yaxshi oʻqiladigan ertaklar, xorijiy tillar boʻyicha audio kurslar, oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun audio qoʻllanmalar, audio yoʻlboshlovchilarni kiritish mumkin. Biroq, turli radio dasturlarning yozuvlari audiokitoblar hisoblanmaydi, balki bu spektakllar, ovozli chiqishlardir. [4]
Audiokitoblarni ishlab chiqarish ixtisoslashgan nashriyotlar, koʻzi ojizlar kutubxonalari, notijorat jamoat tashkilotlari va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. [5]
Koʻpgina mamlakatlarda (AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlari, Rossiya) audiokitoblar soʻnggi yillarda tobora ommalashib bormoqda. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 2007-yilgi soʻrov natijalariga koʻra, audiokitoblarni tinglovchilar soni aholining 26 foiziga yetgan.[3]