Enona
From Wikipedia, the free encyclopedia
Enona[1] (Oynona va qadimgi yunoncha: Οἰνώνη) — yunon mifologiyasidagi[2] nimfa, Troya yaqinida oqadigan daryo xudosi Kebrenning qizi. Parisning birinchi xotini, u goʻzal Yelenani olib kelish uchun yoʻl olishidan oldin Ida togʻida[3] uzoq va baxtli yashagan. Paris unga sevgisi haqida qasam ichgan[4]. Enona fol ochish sanʼatini Readan oʻrgandi va Parisga Yelenaniing orqasidan suzib ketmaslik kerakligini bashorat qildi, lekin u gapiga quloq solmaydi. Paris Filoktet tomonidan yaralanganida, u Idadagi Enonaning oldiga bordi, lekin u qasosi tufayli uni davolashdan bosh tortdi[5]. Keyinchalik u tavba qildi va dori olib keldi, lekin Parisni oʻlik holda topdi va oʻzini osdi[6] yoki oʻzini Paris oloviga tashladi[7].
U, shuningdek, Vakxilid, Parfeniy, Konon[8] tomonidan ham eslatib oʻtilgan. Ovidiy Enonadan Parisga maktub yozdi (Geroides V). „Enona“ poemasi Tennison tomonidan yozilgan.
1880-yilda rus astronomi Viktor Karlovich Knorre tomonidan kashf etilgan Enona asteroidi (215) Enona sharafiga nomlangan.