Gomoseksuallik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gomoseksuallik (yunoncha ὁμός — „ayni“, lotincha sexus — „jins“) oʻzi bilan ayni jinsga oid individlarga qaratilgan jinsiy moyillikdir. Bunda aynan jinsiy aloqa nazarda tutilmaydi, balki oʻzining jinsdoshiga nisbatan tortilishi ham bildiriladi. Erkaklar orasidagi gomoseksuallik besoqolbozlik (yoki gay) deb atalsa, ayollar oʻrtasidagi shunday munosabatlar lezbianlik, deyiladi. Gomoseksuallik faqatgina odamlarda emas, balki hayvonlarda ham uchraydi.
LGBT |
---|
Gomoseksuallik · Jins · Gomofobiya · Biseksuallik · Transseksuallik |
LGBT tarixi |
LGBT madaniyati |
Teng jinsli nikohlar |
Gomoseksual atamasi ilk bora avstriyalik yozuvchi Karl-Maria Kertbeny 1869-yilda yashirin chop etgan pamfletlarida uchraydi.[1] Bu mavzudagi ilmiy ishlar esa psixiatr Richard Freiherr von Krafft-Ebing yozgan Psychopathia Sexualis kitobida (1886) koʻriladi.[2]
Biroq gomoseksuallik hodisa sifatida antik davrlardan beri yoritib kelingan (jumladan Suqrot, Iskandar Zulqarnayn tarjimai hollarida bu kuzatiladi).