Guy Pearce
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gay Edvard Pirs (1967-yil 5-oktabrda tugʻilgan)[1] —millati ingliz, ammo Avstraliyada tug`ulgan[2]. Pirs o'z karerasini avstraliyalik "Qo'shnilar" teleserialida Mayk Yang obrazini tasvirlashdan boshlagan. U ilk bor "Sahro qirolichasi Priskillaning sarguzashtlari" (1994) filmidagi asosiy roli uchun mashxurlikka erishdi va keyin Kertis Xansonning "LA Confidential" (1997), Kristofer Nolanning "Memento" (2000) va Saymon Wellsning "Vaqt mashinasi" (2002) filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Pirs Kormak Makkartining “Yoʻl” (2009), Ketrin Bigelouning “Buzilgan shkaf” (2010) jangovar dramasi va Tom Huperning “Qirolning nutqi” (2010) tarixiy dramasidagi rollari bilan chinakam muaffaqiyatga erishdi. U Ridli Skottning "Prometey" (2012) va "O'zga sayyoralik: Kelishuv" (2017), Marvelning "Temir odam 3" (2013) nomli ilmiy-fantastik filmi va "Shotlandiya qirolichasi Meri" tarixiy filmida (2018) suratga tushgan.
Avstraliya kinosida u “Taklif” (2005), “Hayvonlar qirolligi” (2010), “33 ta otkritka” (2011), “Rover” (2014), “Odamni ushlab turish” (2015) va “Aus sehrgarlari” (2016) filmlarida suratga tushgan. 2012-yildan beri u avstraliyalik kriminal yozuvchi Piter Templning ”Jek-Irlandiya hikoyalari” teledasturlarida bosh rolni oʻynagan. Pirs Todd Xeynsning "Mildred Pirs" (2011) seriyalida va HBO ning "Mare of Easttown" jinoyatchilik nomli serialida rol o'ynagan. Pirs ”Mildred” roli uchun “Primetime Emmy” mukofotini qo'lga kiritdi va ko'plab mukofotlarga, jumladan, “Oltin globus” mukofotiga, uchta “kino aktyorlari gildiyasi” mukofotiga va “Avstraliya kino akademiyasi mukofoti”ga sazovor bo'ldi.