Microsoft
Eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi Amerika korporatsiyasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Microsoft korporatsiyasi (Microsoft Corporation, Microsoft) — har xil turdagi hisoblash uskunalari: shaxsiy kompyuterlar, oʻyin pristavkalari, PDAʼlar, mobil telefonlar va boshqalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi eng yirik transmilliy kompaniyalardan biridir. Ayni paytda dunyoda eng keng tarqalgan dasturiy platforma — Windows operatsion tizimlar oilasi ham shu korporatsiyaga tegishlidir.
Microsoft korporatsiyasining logotipi | |
Turi | Ommaviy kompaniya |
---|---|
Xizmatlari | dasturiy taʼminotlar ishlab chiqarish |
Birja listingi | NASDAQ: MSFT |
Qachon asos solingan | 4-aprel, 1975-yil (49 yil avval) (1975-04-04)[1] |
Joylashuvi | Redmond, Vashington (AQSH) |
Asoschi(lari) | |
Direktori | Satya Nadella (2014-yildan buyon) |
Mahsulot(lar)i | |
Aylanma daromadi | 168 mlrd $ (2021) |
Operatsion foydasi | 53 mlrd $ (2020) |
Boyligi | 118 mlrd $ (2020) |
Kapitallashtirish | 2,27 trln $ (26-avgust, 2021) |
Sof foydasi | 44.3 mlrd (2020) |
Ishchilar soni | 163 ming kishi (2020-yil 30-iyun) |
Aʼzolari | Xbox Game Studios |
Shoʻba korxonalari | |
Vebsayti | https://www.microsoft.com |
Til(lar)i | ingliz, rus, fransuz, nemis, koreys, yapon va b. |
Korporatsiyaning shoʻbalarida Xbox oʻyin pristavkalari, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar (klaviatura, sichqon va boshqalar) ham ishlab chiqaradi[2]. 2012-yildan beri oʻzining planshet kompyuteri — Surfaceʼni ishlab chiqarmoqda. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlar 45 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi.
Korporatsiya shtab-kvartirasi AQShning Vashington shtati Redmond shahrida joylashgan.
Korporatsiyada 2020-yil 30-iyun holatiga koʻra, 163 mingdan ziyod kishi ishlamoqda. 2018-yilda u Forbes jurnali boʻyicha dunyoning 500 ta eng yaxshi ish beruvchilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi[3].
Microsoft Rossiyada 1992-yil noyabr oyidan (2004-yil iyulidan “Майкрософт Рус” MCHJ deb qayta tashkil etildi) faoliyat yuritadi.
Microsoft 2002-yilgi kelishuv natijasida AQSh sudi nazorati ostida[4].