Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroport
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Nikola Tesla Belgrad" xalqaro aeroporti (serbcha: Међународни аеродром Никола Тесла Београд) (IATA: BEG, ICAO: LYBE) Belgrad shahridagi xalqaro aeroport boʻlib, Belgrad aeroporti (serbcha: Аеродром Београд / Aerodrom Beograd) yoki Surchin aeroporti (serbcha: Аеродром Сурчин / Aerodrom Surčin) nomi bilan ham tanilgan[4][5]. U oʻz nomini 2006-yilda taniqli olim va ixtirochi Nikola Tesla sharafiga oldi. Serbiyaning eng yirik va eng gavjum aeroporti Belgrad turar-joyidan 18 km gʻarbda, Surchin jamiyati hududida joylashgan, Srem geografik mintaqasining unumdor erlari bilan oʻralgan.
«Nikola Tesla Belgrad» halqaro aeroporti serbcha: Аеродром Никола Тесла Београд | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: BEG – ICAO kodi: LYBE | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | fuqoro aeroporti | ||
Egasi | Serbiya hukumati | ||
Operator | Aerodrom Nikola Tesla a.d.[1] | ||
Joylashuvi | Surchin jamiyati | ||
Ochilgan | 1962 | ||
Havo yoʻli tuguni | Air Serbia, Wizz Air | ||
Dengiz sathidan balandligi | ft / 102 m | ||
Koordinatalari | 44°49′10″N 20°18′25″E G O | ||
Vebsayti | http://www.beg.aero/ | ||
Xarita | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
12/30 | 3 400 | asfalt/beton | |
Maʻlumotlar (2019) | |||
Yillik yoʻlovchi oqimi | 6,159,000 (▲ 9,2 %) | ||
Yillik yuk oqimi | 70,356 (▲ 4,3 %) | ||
Yillik uchish/qoʻnishlar | 20,064 (▲ 1,6 %) | ||
Manbalar:[2][3] |
Aeroport Serbiyaning eng yirik Air Serbia aviakompaniyasi uchun markaz boʻlib xizmat qiladi, kam buydjetli Wizz Air kompaniyasining asosiy aerodromlaridan biri boʻlib, Air Pink, Eagle Express va Prince Aviation havo taksi xizmatlari tomonidan ham foydalaniladi. Aeroport „Aerodrom Nikola Tesla Beograd“ davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Aeroport Yevropadan (shu jumladan Rossiyadan) reyslarni qabul qiladi. Sharqdan uchayotgan yoʻlovchilar Belgrad markazini (xususan, Novi Beograd tumani va Chukaritsa jamiyatini) koʻrishadi. Ilgari, yomon ob-havo sharoitida parvozlar Nishga yoʻnaltirilgan edi.