Nisefor Niepse
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jozef Nisefor Niepse 1765-yil 7-martda Fransiyada tugʻilgan.[2] Asosan Nisefor Niepse nomi bilan tanilgan. Nisefor Niepseni fotografiyaga asos solgan fotograf sifatida bilishadi.[3] Niepce 1825-yilda fotoni oʻyib yozish uchun foydalaniladigan ilk bosma plastinka heliografiyani yaratgan.[4] 1826—1827-yillarda u eng qadimgi kameradan foydalangan holda, dunyoning haqiqiy manzarasini saqlab qolgan holda eng qadimgi fotosuratini olgan. Shuningdek Nieps akasi Klod Nieps bilan birgalikda dunyodagi birinchi ichki yonuv dvigateli Pireolofor ham yaratgan.[5]