Romul
From Wikipedia, the free encyclopedia
Romul (Romulus) — Rim rivoyatiga koʻra, Rim shahri asoschisi va Rim qirolligining ilk podshosi (mil. av. 754/753 — 717/716)[1][2]. Afsonaga binoan, kohin ayol Reya Silviya va urush xudosi Marsdan tugilgan Romul va uning egizak ukasi Remni ona boʻri emizib, choʻpon tarbiya qilgan[3]. Rim senatini taʼsis etish va aholini tabaqalarga — kuriyalarga boʻlish, qoʻshin tashkil etish, Rim fuqarolarini patritsiylarta va plebeylarta ajratish Romul tomonidan ishlab chiqilgan.[4]