Saxalinda yuz bergan Boeing 747 halokati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Saxalin osmonida Boeing 747 halokati 1983-yil 1-sentabrda, payshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlgan va aviatsiya tarixida 15-oʻrinni egallagan dunyodagi eng yirik aviatsiya halokatidir. Korean Air Lines (KAL) aviakompaniyasining Boeing 747-230B havo layneri Nyu-York — Ankorij — Seul yoʻnalishi boʻyicha KE007 (chaqiriq belgisi — KAL 007) rejalashtirilgan qitʼalararo reysni amalga oshirgan. Hamda uning Seulga parvozi Tinch okeanining neytral suvlari orqali oʻtishi kerak edi, ammo nomaʼlum sababga koʻra samolyot belgilangan yoʻnalishdan oʻngga ogʻib ketadi. Bir muncha vaqt oʻtgach, layner gʻarbga shunchalik yoʻnalishini oʻzgartirganki, natijada u SSSRning yopiq havo hududiga kirib qolgan, shundan soʻng u Kamchatka (bir qator harbiy ob’ektlardan oʻtib) va keyin Saxalin oroli ustidan uchib oʻtgan, u yerda tutib olingan. Hamda u oʻsha yerda urib tushirilgan. SSSR Harbiy-havo kuchlarining Su-15TM qiruvchi samolyoti tomonidan Saxalindan 37 kilometr janubi-gʻarbda Laperuz boʻgʻoziga qulagan. Halokat natijasida bortdagi 269 kishining barchasi — 246 yoʻlovchi va 23 ekipaj aʼzolari halok boʻlgan.
Halokat sodir boʻlgan paytda havo layneri 500 kilometrdan ortiqroq yo‘nalishdan chetga chiqqanligi koʻrsatilgan. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan olib borilgan tergovga koʻra, 007-reysning burilishiga eng koʻp sabab uchuvchilarning avtopilotni toʻgʻri sozlamaganligi va joriy pozitsiyani yangilash uchun tegishli tekshiruvlarni oʻtkazmaganligi deb qayd etilgan.
Ushbu falokat oʻsha paytdagi SSSR va AQSh oʻrtasidagi allaqachon murakkablashgan munosabatlarning yanada jiddiy tusga kirishiga va vaziyaning yomonlashishiga olib kelgan.
Halokat sabablarini oʻrganishning dastlabki bosqichlarida maʼlumotlar va ashyoviy dalillarning yetishmasligi halokatning muqobil versiyalarini keltirib chiqargan. Ammo SSSR (keyinchalik Rossiya) tomonidan reys KE007 registratorining chiqarilishi ICAOning asl versiyasini tasdiqlab bergan[1].