Tojikiston va Xitoy chegarasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tojikiston va Xitoy chegarasi Tojikiston va XXR oʻrtasidagi xalqaro chegara hisoblanadi. Uzunligi 477 km (296 mi)[1] boʻlib, Qirgʻiziston bilan uchtomonlama chegara nuqtasidan boshlab, taxminan shimoldan janubga yoʻnalish boʻylab turli togʻ tizmalari va Pomir choʻqqilari orqali Afgʻoniston bilan uchtomonlama chegara nuqtasigacha davom etadi. Chegara Tojikistonning Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatining Murgʻob tumanini Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayonidagi Qizilsuv qirgʻiz muxtor okrugi Oqtov uyezdi (shimolda) hamda Qashqar okrugining Taxtaqoʻrgʻon tojik muxtor uyezdidan (janubda) ajratib turadi.