Urmila Matondkar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Urmila Matondkar (1974-yil 4-fevralda tugʻilgan) — hind aktrisasi va siyosatchisi[2]. Telugu, Malayalam, Marathi va Tamil kinolaridan tashqari, hind filmlaridagi faoliyati bilan tanilib kelgan, u koʻplab mukofotlarga sazovor ham boʻlgan. Shu jumladan Filmfare mukofoti bilan Nandi mukofoti ham qoʻlga kiritgan. U oʻziga xos ekran personajini yaʼni obtazlarni talqinini yaratdi va oʻzining qizgʻin aktyorlik va raqs mahorati bilan ommaga tanildi[3][4].
Urmila Matondkar | |
---|---|
Tavalludi |
4-fevral 1974-yil (1974-02-04) (50 yosh)[1] |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1977- hozirgi qadar |
Partiyasi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Mohsin Akhtar Mir (turm. 2016) |
Mukofotlari | Full list |
1977-yilda „Karm“ filmida bolaligida debyut qilgandan soʻng[5], Matondkar Masum (1983-yilda) bilan keng eʼtirofga sazovor boʻladi, shundan soʻng u bir nechta boshqa filmlarda paydo boʻlib rollar ijro etadi. Uning birinchi bosh roli malayalam tilidagi „Chanakyan“ nomli (1989-yilda) filmida, hind kinosida keyingi bosh roli esa „Narsimha“ nomli (1991-yilda) jangovar dramasida boʻlib, ikkalasi ham tijorat boʻyicha muvaffaqiyatlarga erishgan yaʼni katta mablagʻ olib kelgandi.
Qisqa muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, Matondkar oʻzini hind kinosining yetakchi aktrisasi sifatida „Rangela“ nomli filmda (1995-yoʻlda suratga olingan) romantik dramasi bilan koʻrsatdi. Shundan soʻng u „Judai“ (1997-yilda olingan) dramasi, „Satya“ (1998-yilda) kriminal filmi, „Xobsurat“ (1999-yilda) romantik komediyasi va „Jungli“ nomli (2000-yilda) thriller filmlari bilan keyingi muvaffaqiyatlarga erishdi. U shuningdek, Antham (1992-yilda), Gaayam (1993-yilda), Hindiston (1996-yilda) va Anaganaga Oka Roju (1997-yilda) kabi bir qator filmlarida bosh rollarni ijro etgan holda telugu va tamil kinolarida muvaffaqiyatga erishib keladi[6][7]. U bir nechta psixologik trillerlar va qoʻrqinchli filmlardagi bir qator shiddatli gacha boʻlar rollarini ijro etgandi. Shular jumladan Kaundagi (1999-yil) seriyali qotilni, Pyaar Tune Kya Kiyadagi (2001-yilda) obsesif oshiqni, Bhutdagi (2003-yil) ziyon koʻrgan ayolni tasvirlagani uchun tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻldi. Ek Hasina Thi (2004-yilda) filmidagi zoʻravon qasoskor obrazlarini talqin etdi. Bu yillarda Matondkar art-xaus kinosida mustaqil kinoijodkorlar bilan hamkorlik qiladi, jumladan Tehzeeb (2003-yil), Pinjar (2003-yil), Meyn Gandi Ko Nahin Mara (2005-yil), Bas Ek Pal (2006-yilda) va marathi filmi Ajoba (2014-yilda) yillarda tasvirga olingan bir qator filmijodkorlari bilan juda yaxshi hamkorlikda ishlab keladi[8].
Filmlarda rol oʻynashdan tashqari, Matondkar bir nechta gumanitar sabablarga koʻra ishtirok etadi va ayollar va bolalar duch keladigan muammolar haqida gapirib boradi. U kontsert gastrollari va sahna koʻrinishlarida qatnashgan va turli raqs realiti-shoularida, jumladan, Jhalak Dikhhla Jaa uchun isteʼdodli hakam sifatida ishtirok etib kelgan.