Uyni avtomatlashtirish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Uyni avtomatlashtirish yoki domotiklar [1] – uy uchun avtomatlashtirishlarni oʻrnatish. Uyni avtomatlashtirish tizimi chiroqlar, havo harorati, koʻngilochar tizimlar va jihozlar kabi uy atributlarini kuzatib boradi va/yoki nazorat qiladi. Ulardan tashqari kirishni boshqarish va signalizatsiya tizimlari kabi uy xavfsizligini ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Aqlli uy iborasi internetga kirish imkoniga ega boʻlgan uyni avtomatlashtirish qurilmalarini oʻz ichiga oladi. Uyni avtomatlashtirish faqat internetga kirish imkoniga ega boʻlganlarni emas, balki simsiz radio signallari orqali kuzatilishi yoki boshqarilishi mumkin boʻlgan har qanday qurilmani oʻz ichiga oladi. Internetga ulanganda uy sensorlari va faollashtirish moslamalari buyumlar internetining („IoT“) muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Uyni avtomatlashtirish tizimi odatda kerakli qurilmalarni aqlli uy markaziga (baʼzan "shlyuz " deb ataladi) ulaydi. Tizimni boshqarish uchun foydalanuvchi interfeysi devorga oʻrnatiladigan terminallar, planshet yoki stol kompyuterlari, mobil telefon ilovasi yoki Internet orqali saytdan tashqarida ham foydalanish mumkin boʻlgan veb-interfeysdan foydalanadi.