Vaio
From Wikipedia, the free encyclopedia
VAIO — 2014-yilgacha Sony kompaniyasiga tegishli boʻlgan maishiy elektronika, noutbuklar va shaxsiy kompyuterlar brendi. Brend keyinchalik „Japan Industrial Partners“ kompaniyasiga sotilgan. VAIO soʻzi dastlab „Video Audio Integrated Operation“ soʻzining qisqartmasi edi, ammo bu talqini 2008-yilda „Visual Audio Intelligence Organizer“ ga oʻzgartiriladi. Shtab-kvartirasi Nagano prefekturasining Azumino shahrida joylashgan.
Turi | SHaxsiy kompyuterlar va Noutbuklar |
---|---|
Xizmatlari | Noutbuklar, Audio, Video, Kompyuterlar, |
Qachon asos solingan | 1996-yil |
Joylashuvi | Tokio, Yaponiya |
Vebsayti |
VAIO 1996-yilda taqdim etilgan, dastlabki Sony brendi boʻlib. 2014-yil fevral oyida Sony oʻzining mobil qurilmalarga eʼtibor qaratish uchun qayta qurish harakatlari doirasida „Japan Industrial Partners“ investitsiya firmasi[1] bilan VAIO Corporation Inc, maxsus maqsadli kompaniyasini yaratadi. Sony hozirda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yaponiya, Hindiston va Braziliyada kompyuterlar sotadigan va boshqa mintaqalarda eksklyuziv marketing shartnomalarini qoʻllab-quvvatlaydigan yangi mustaqil kompaniyada oʻzining kichik ulushini saqlab qolgan. Sony hali ham VAIO brendi va logotipi uchun intellektual mulk muallifligi huquqlariga ega.