Valyuta almashtirish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Valyuta almashtirish bu milliy valyutaga parallel yoki uning oʻrnini bosuvchi xorij valyutasini olish va undan foydalanish hisoblanadi[1]. Xorijiy valyuta dollar yoki yevro sifatida tanilgan valyutalardan biri boʻlsa, jarayon dollarizatsiya yoki yevrolashtirish deb ham ataladi.
Valyutani almashtirish toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin. Toʻliq valyuta almashtirish Ekvador, El Salvador va Zimbabve kabi davlatlar iqtisodiy inqirozidan keyin sodir boʻldi. Mustaqil valyutani saqlab qolish imkoniyatiga ega boʻlmagan baʼzi kichik iqtisodiy koʻrsatkichlarga davlatlar oʻzlarining milliy valyutasining oʻrniga yirik qoʻshnilarining valyutalaridan foydalanadilar. Masalan, Lixtenshteyn Shveysariya frankidan foydalanadi.
Milliy valyuta oʻrnini qisman bosadigan xorijiy valyutadan foydalanish mamlakat rezidentlari oʻzlarining moliyaviy aktivlarining muhim qismini chet el valyutasida saqlashni tanlaganlarida sodir boʻladi. Shuningdek, qisman valyuta almashtirish toʻliq valyuta almashtirishga bosqichma-bosqich konvertatsiya sifatida ham sodir boʻlishi mumkin. Masalan, Argentina va Peru kabi davlatlar 1990-yillarda AQSh dollariga milliy valyutani konvertatsiya qilish jarayonida edi.