Wolf matematika mukofoti
matematiklarga beriladigan mukofot / From Wikipedia, the free encyclopedia
Wolf matematika mukofoti (inglizcha: Wolf Prize in Mathematics) — Isroildagi Wolf jamgʻarmasi tomonidan matematiklarga beriladigan mukofot. Bu mukofot Wolf jamgʻarmasi tomonidan taʼsis etilgan va 1978-yildan beri berib kelinayotgan olti Wolf mukofotining biridir: jamgʻarma qishloq xoʻjaligi, kimyo, tibbiyot, fizika va sanʼat boʻyicha ham mukofot beradi
2013–2014-yillarda oʻtkazilgan soʻrovda Wolf matematika mukofoti Abel mukofoti va Fields medalidan keyingi uchinchi eng nufuzli xalqaro matematika mukofoti deb topildi.[1][2] Abel mukofoti taʼsis etilguniga qadar Wolf mukofoti „Matematika boʻyicha Nobel mukofoti“ga eng yaqin ekvivalent hisoblangan, chunki Fields medali toʻrt yilda bir marta va faqat 40 yoshgacha boʻlgan matematiklarga beriladi.