Yelena Isinbayeva
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yelena Isinbayeva (1982 yil 3-iyunda tugʻilgan, Volgograd, RSFSR, SSSR) - rossiyalik shest bilan sakrash boʻyicha proffesional sportchi. Ikki karra Olimpiya chempioni (2004, 2008), 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori. Ochiq havoda uch karra jahon chempioni va yopiq inshootlarda 4 karra jahon chempioni, ochiq va bino ichida Yevropa chempioni. Shest bilan sakrashda 28 ta jahon rekordi[1] egasi. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
2005-yil 22-iyulda Londonda boʻlib oʻtgan musobaqada ayollar shest bilan sakrashda tarixida birinchi marta besh metr balandlikka koʻtarildi. 2008-yil 18-avgustda Pekin Olimpiadasida Elena Isinbayeva jahon rekordini oʻrnatdi - 5,05 m.
2016-yil 18-avgustda u Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining (XOQ) sportchilar komissiyasiga qoʻshildi, 24 nomzod orasidan tanlab olingan, 11 ming ovoz beruvchi sportchidan 1365 ta ovoz toʻplagan holda kuchli toʻrtlikka kirdi. vakolat muddati 8 yil. Undan oldin Aleksandr Popov[2] komissiyada Rossiyadan kelgan sportchi edi. 2016-yil 21-avgustda u XOQ aʼzoligiga saylandi, 70 ovozdan 45 tasi, ikkita betaraf ovoz bilan[3].