55 Cancri c (ekzosayyora)
From Wikipedia, the free encyclopedia
55 Cancri c (qisqartirilgan 55 Cnc c), rasmiy nomi Brahe (talaffuzi /ˈbrɑːhiː/ yoki /ˈbrɑː/)). 55 Cancri A Quyoshga oʻxshash yulduz atrofida ekssentrik orbitada joylashgan quyoshdan tashqarida joylashgan sayyoradir. Har 44,34 kunda oʻz yulduzi atrofida bir marta aylanib chiqadi. Bu oʻz yulduzidan masofa boʻyicha joylashgan uchinchi boʻlgan bizga maʼlum sayyoradir. 55 Cancri c 2002-yil, 13-iyunda kashf etilgan va uning massasi Saturn massasining yarmiga teng.
Kashf etilishi | |
---|---|
Kashf etilgan | Marcy |
Kashfiyot sayti | California, AQSh |
Kashf etilgan sanasi | 2002-yil, 13-iyun |
Aniqlash usuli |
Radial tezlik |
Mehvar tasnifi | |
Afeliy | 0.260 AU (38,900,000 km) |
Perigeliy | 0.219 AU (32,800,000 km) |
Katta yarim oʻqi | 0.240 ± 0.00005 AU (35,903,500 ± 7,500 km)[1] |
Ekssentrisiteti | 0.086 ± 0.052[1] |
Orbital davri |
44.3446 ± 0.007[1] d 0.121407 y |
Perigeliy vaqti | 2,449,989.3385 ± 3.3[1] |
Perigeliy argumenti | 77.9 ± 29[1] |
Semi-amplitude | 10.18 ± 0.43[1] |
2014-yil iyul oyida Xalqaro Astronomiya Ittifoqi NameExoWorlds dasturini ishga tushirdi. Bu bizga maʼlum ekzosayyoralar va ularning yulduzlariga tegishli nomlar berish jarayoni. Jarayon yangi nomlar uchun jamoatchilik tomonidan takliflar ilgari surish va munosiblariga ovoz berishdan iborat jarayoni [2]. 2015-yil dekabr oyida IAU ushbu sayyora uchun taklif etilgan va gʻolib boʻlgan nom Brahe ekanligini eʼlon qildi [3]. Ushbu nom Niderlandiya Qirollik meteorologiya va astronomiya assotsiatsiyasi tomonidan taklif etilgan. Nom astronom Tycho Braheni sharafiga qoʻyilgan [4].